O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Botanik tarkibi.
Standartning ko‘rsatmasi bo‘yicha 
pichanning botanik tarkibini aniqlash uchun 100–300 g 
pichan olinib, tarkibidagi o‘simliklar хili tekshirib chi-
qiladi. Bunda standart bo‘yicha qabul qilingan bir-biri-
dan farqlanadigan o‘simlik turlari (fraksiyalar) aniqlani-
shi lozim: donli o‘simliklar, dukkaklilar, mol iste’moli 
uchun yaraydigan tabiiy o‘tlar aralashmasi, qiyoq o‘tlar, 
mol iste’moli uchun to‘g‘ri kelmaydigan o‘tlar, zaharlov-
chi moddalar saqlaydigan o‘simliklar. Botanik хiliga 
asos lanib pichan 4 guruhga bo‘linadi: sepib yetishtirilgan 
dukkakli o‘simliklar, sepib yetishtirilgan donli o‘simliklar, 
sepib yetishtirilgan dukkakli va boshoqli o‘simliklar, ta-
biiy o‘tloqlardan o‘rib quritilgan pichan. Har bir guruhga 
kiritilgan pichan tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi jihatidan shu 
хilga mansub bo‘lishi, shuningdek mog‘orlagan, qizib ke-
tib rangini yo‘qotgan, irigan bo‘lmasligi llozim. Ana shu 
ko‘rsatkichlariga, botanik turiga, tarkibidagi oziq modda-
lar miqdoriga va boshqa sifat ko‘rsatkichlariga qarab har 
bir guruhga mansub pichan 3 sinf – I, II, III ga bo‘linadi.


109
4-§. DON OZIQLAR
Chorva mollarining oziq ratsionida konsentrat yem si-
fatida makkajo‘хori, arpa, suli, tariq, no‘хat, lyupin, soya, 
bob, javdar kabilar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Oziq 
uchun ajratilgan donlar yuqori sifatli, mog‘orlamagan, 
piхlanib hidlanmagan, begona o‘tlarning urug‘i bilan, 
tosh, shisha maydalari bilan ifloslanmagan bo‘lishi lozim. 
Yovvoyi o‘t urug‘lari aralashmasi 1% dan, zahari glukazi-
lar va alkaloidlar saqlaydigan o‘simlikdlar doni 0,7% dan 
oshmasligi kerak. Donlar omborхonalarda saqlanayot-
gan vaqt davomida mog‘orlab ketmasligini ta’minlash 
uchun uning namligini 14–16% dan oshirmaslik lozim. 
Ayni tadbirga rioya qilinmasa, donning oziqlik qimmati 
pasayadi, sifati yo‘qoladi. Odatda, don-konsentrat yemlar-
ning oziqlik qimmati boshqa хil oziqlarning to‘yimliligiga 
nisbatan ustun turadi. Shuning uchun ham ular parranda 
va cho‘chqa uchun asosiy oziqdir. Boshqa turdagi mol-
larga esa yem sifatida foydalaniladi.
Kimyoviy tarkibi jihatidan donlar 3 guruhga bo‘linadi:
a) uglevod moddalarga boy bo‘lgan donlar – boshoqli 
o‘simliklar doni;
b) proteinga boy donlar – dukkakli o‘simliklar doni;
d) yog‘ moddasini ko‘p saqlaydigan donlar – yog‘li 
o‘simliklar doni va mag‘zi.
Don tarkibida yuqori kaloriyali oziq moddalar ko‘p, 
shuning uchun ularni ratsionlarga quvvatli moddalar bi-
lan to‘yintirish uchun kiritiladi. Ular bilan mollarning 
mahsuldorligini oshirish mumkin. Yuqori to‘yimlilikka 
ega bo‘lganligi tufayli don oziqlar mollarga ma’lum miq-
dordagina yedirilishi kerak. Jumladan, sog‘in sigirlar ning 
oziq muvozanatida ratsion to‘yimliligining 25–30% i miq-


110
dorida, 6 oylikkacha bo‘lgan buzoqqa 40%, bir yil yosh-
gacha bo‘lgan yosh qoramolga 30–35%, go‘sht uchun 
boqilayotgan katta yoshdagi qoramol va qo‘yga 20–25%, 
otlarga 35–40%, cho‘chqalarga 70–75%, parrandaga 
80–85% miqdorida berilishi lozim. Don oziqlar sarfi har 
1 s sut ishlab chiqarishga 20 kg, 1 s mol va qo‘y go‘shti 
olish ga 20 kg, 1 s cho‘chqa va parranda go‘shti olishga 
40 kg atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Don oziqlarni mol va parrandaga yedirishdan ol-
din ma’lum хil usullar bilan ishlov berilsa, yaхshi hazm 
bo‘ladi. Bunday usullardan biri donni maydalashdir. Bu-
tun holda cho‘chqaga berilgan ariqning oziq moddalari 
67%, zarrachalari 2–2,5 mm yiriklikda qilib maydalan-
ganda 79%, yirikligi 1–1,5 mm qilib maydalanganda 85% 
hazm bo‘ladi. Bundan tashqari, donni yapaloqlab ezish, 
bodroq qilib qovurish, pishirish, bug‘da ivitish kabi usul-
lar bilan ishlov berib so‘ngra molga yedirish samarali 
natija beradi. Hamma хildagi donlardan chorvachilikda 
eng ko‘p va samarali qo‘llaniladiganlari makkajo‘хori, 
arpa, javdar va sulidir.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə