115
budur bo‘ladi. Zamburug‘lar bilan zararlangan arpa va
suli kabi don oziqlarning po‘stlog‘i go‘yo oq poroshok
sepib qo‘yilgandek, oq chang bilan qoplanadi. Bunday
oziqlarni parrandaga berib yedirishdan oldin ishlov berib,
zamburug‘lardan tozalash lozim. G‘alla to‘liq pishmasdan
o‘rilganida donning po‘stlog‘i va mag‘zi ko‘kish rang-
da bo‘ladi. Bunday donning to‘yimliligi to‘liq pishirib
o‘rilgan g‘allaning doniga qaraganda biroz pastroq bo‘lishi
mumkin. Omborga to‘kib qo‘yilgan g‘allaning namligini
saqlash uchun belgilangan namlikdan yuqori bo‘lsa, don-
ning orasi qiziydi. Buning natijasida unga qizg‘ish rang ki-
radi. Omborda 2–3-yil davomida saqlangan g‘allaning ran-
gi bo‘g‘iq bo‘ladi. Ko‘p holda ana shunday ko‘rinishdagi
don zamburug‘ yoki har хil hasharotlar bilan zararlangan
bo‘ladi. Ayrim hasharotlar donning mag‘zini yeb qo‘yadi.
Bunday oziqlarni ratsionga kiritishdan oldin tozalash yoki
ishlov berish choralarini ko‘rish kerak. Don oziqning
rangini aniqlash uchun kunduzgi tarqoq yorug‘lik bo‘lishi
lozim. Bunda bir qism oziqni zangori rang qog‘oz ustiga
to‘kiladi va rangi tekshirib ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: