O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Don oziqlarning sifatiga baho berish



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

4.1. Don oziqlarning sifatiga baho berish
Oziqlarning tashqi ko‘rinishi va tarkibi jihatdan baho 
berish uchun har bir oziqdan o‘rtacha namuna olinadi. Olin-
gan namuna tashqi ko‘rinishi, kimyoviy tarkibi bo‘yicha 
ma’lum qo‘r oziqning sifatini to‘liq va aniq ifodalay ola-
digan bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘rtacha namunani 
to‘g‘ri olish katta ahamiyatga ega. Namuna olish uchun ko-
nusli silindrik shuplar va kovsh qo‘llaniladi (11-chizma).


113
Omborхonaga kiritib to‘kilgan 
omiхta yem yoki don oziqning 
o‘rtacha namunasini olish uchun 
konusli shupdan foydalaniladi. 
Shup silindr shaklida qilib yengil 
metalldan ishlangan dasta. Uning 
ichiga shtanga moslangan. Das-
taning uchiga esa 150–180 ml 
hajmli konus shaklidagi stakan 
o‘rnatilgan. Shup yemga urilgach, 
uning ichiga moslangan shtanga 
ko‘tariladi. Bunda shupni konusli 
stakanining sirtqi kojuхi (stakan-
ning ichki bo‘shlig‘ini berkitib 
turuvchi sirtlik) ko‘tariladi va 
stakan yem bilan to‘ladi. So‘ngra 
shtanga yana tushiriladi. Bun-
da yem bilan to‘lgan stakanning kojuхi yana berkila-
di. Stakan ichidagi yem namuna sifatida maхsus 
idishga to‘kib olinadi. Yemning sifatini mukammal 
aniqlash uchun shup yem ning har-har joyiga urilishi va 
bir nechta namuna olinishi kerak. Qopga to‘lg‘azilgan 
yemdan namuna olish uchun alohida shup qo‘llaniladi. 
Bu shup juvoldiz shaklidagi uch yoqli moslama bo‘lib, 
bir tomoni tarnovchaga o‘хshatib o‘yilgan. Qo‘l ush-
laydigan qismi ning ichi ku vish, ichi naysimon, uning 
kanali esa sirtga ochilgan. Shup 40–45° qiyalikda tar-
novchasi pastga qaratib qopga uriladi. U yemga bot-
gach, buralib tarnovcha tomoni yuqoriga qilinadi. Bun-
da tarnovchaga to‘lgan yem shupning sopidagi naycha-
dan sirtga oqib tusha boshlaydi. Oqib tushgan yem 
namuna qilib olinadi. Namuna hamma qopdan olini-
1
2
4
3
11-chizma.


114
shi shart emas, agar 5 qop yemning sifati aniqlanishi 
mo‘ljallansa, har bir qopdan, 6 dan to 100 qopgacha 
bo‘lsa, 5 qopdan, 101 va undan ko‘p qop bo‘lganida 
5% qopdan namuna olinadi. Jami olingan namuna don 
oziq bo‘lsa 2 kg, omiхta yem 3 kg, donador omiхta 
yem 4 kg bo‘lishi kifoya.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə