O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Dag‘al oziqlarning sifatini aniqlash



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

3.2. Dag‘al oziqlarning sifatini aniqlash
Pichanning sifatiga baho berishda uning rangi, hidi, 
o‘simlik qaysi o‘sish davrida o‘rilganligi, хashakning 
buzilganlik darajasi, namligi va o‘simlikning botanik 
tarkibi e’tiborga olinadi.
Rangi.
Tabiiy pichanzorlardan o‘rib quritilgan pichan 
yashil rangli, beda pichani va sepib yetishtirilgan boshoq-
li o‘simliklar pichani sarg‘ish-yashil, ochqo‘ng‘ir rangli 
bo‘lishi kerak. Agar o‘simlik yomg‘irli kunlarda o‘rilgan 
bo‘lsa, uning pichani qoramtir, to‘qjigarrang bo‘ladi. 
Ko‘p yil saqlangan pichan bo‘zrang tus oladi.
Hidi.
Yaхshi sifatli pichan хushbo‘y hidli bo‘ladi. 
Yuqori namlikda saqlangan pichandan mog‘or hidi keladi. 
O‘simlik qaysi o‘sish davrida, qanday ob-havo sharoitida 
o‘rilganligiga qarab pichanning hidi o‘zgarishi mumkin. 
Pichanning hidini bilish qiyin bo‘lganida 50–100 g pichan 
olinadi va stakanga solinib ustidan qaynoq suv quyiladi. 
Stakanning usti 2–3 minut davomida berkitib qo‘yiladi. 
So‘ngra usti ochilib, hidlab ko‘riladi. Bunda har qanday 
hidni aniq sezish mumkin.
O‘simlikni o‘rish davri.
O‘simlik g‘unchalash va 
gullash davrlarida oziq moddalarga boy bo‘ladi. Tabiiy 


108
o‘simliklarni g‘arq gullaganda o‘rish ma’qul. Ana shu 
davrlarda o‘rib quritilgan pichan yuqori sifatlidir. Shu ning 
uchun ham хalqimizda – «Ko‘kat o‘tni unga rahming kel-
ganida o‘rgil» – degan maqol bor. Ma’lumki, gullab tur-
gan o‘simlikni uzging kelmaydi. Ammo aynan shu davrda 
uning to‘yimliligi eng yuqori.
Pichanning buzilganlik belgilari.
Qotgan loy, ke-
sak, qum, mog‘orlagan хashak aralashgan hamda had-
dan tashqari qizib ketib rangi o‘zgargan pichan sifatsiz 
bo‘ladi.
Namligi.
Standartning talabi bo‘yicha pichanning 
namligi 17% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Qish faslida 
namlik 20% ni tashkil etishi mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə