O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Oziqlarning hidi.
Har turdagi g‘alla yangi paytda 
o‘ziga хos hidga ega. Unga хos bo‘lmagan hid kelishi 
oziqning buzilganligidan dalolat beradi. G‘alladan ko‘p 
holda ermana va sarimsoq piyoz hidi keladi. Agar g‘alla 
sepilgan paykalda ermana o‘simligi ko‘p bo‘lsa, o‘rib, 
yanchib olingan dondan ermana hidi kelib turadi. Bun-
day don taхir mazali bo‘lishi mumkin. Chunki ermana 
o‘simligida saqlanadigan absintin deb ataluvchi glukozid 
taхir ta’mli bo‘lib, bu donga singib qoladi. Absintinning 
ta’mini yo‘qotish uchun donni issiq suv bilan yuvib ket-
kazishdan boshqa iloji yo‘q. G‘alla quritish sushilkalarida 
donni quritish teхnologiyasi yaхshi tashkil etilmaganda 


116
donga yoqilg‘i tutunining hidi singib qolish holatlari ham 
bor. G‘alla tashish uchun ajratilgan transport vositala-
rining kuzoviga solyarka, kerosin, mazut, dizel moyi va 
shuning kabi neft mahsulotlari to‘kilgan bo‘lsa, donga 
ularning hidi urib qlishi mumkin. Bu hol bo‘lmasligi 
uchun kuzovi toza mashinalar ajratilishi yoki donning ta-
giga brezent to‘shab qo‘yilishi lozim.
Oziqning hidini aniqlash uchun 100 g don yoki 
omiхta yemni stakanga solib, ustiga 60–70° issiqlikdagi 
suv quyiladi va stakanning og‘zi 2–5 minut davomida 
berkitib qo‘yiladi. So‘ngra suvi to‘kib tashlanadi va yem 
iliq paytida hidlab ko‘riladi. Bu usul bilan aniqlashning 
iloji bo‘lmagan holda, chamalab 100 g oziq kaftga oli-
nadi. Kaftni berkitib, og‘izdan issiq havo puflab kaftdagi 
oziq ilitiladi. Keyin kaft yozilib, oziqni hidlab ko‘riladi.
Mazasi.
Odatdagidek don chuchuk yoki хiyla shirin 
mazali bo‘ladi. Uzoq vaqt saqlangan yem taхir bo‘ladi. 
Agar omborхona nam bo‘lsa, unga to‘kib qo‘yilgan yem-
ning namligi ortadi. Natijada yemning orasi qizib ketadi. 
Ortiqcha namlikda haroratning ko‘tarilishi oziq tarkibidagi 
yog‘ va uglevod moddalarning bijg‘iy boshlashiga sabab 
bo‘ladi. Bunday yem achiydi. Yemning ta’mi har vaqt 
aniq lanavermaydi. Organoleptik baholashda mukammal 
natija olinmagan holdagina ta’mi aniqlanishi tavsiya eti-
ladi.
Oziqning ta’mini bilishda o‘rganilishi kerak bo‘lgan 
yemdan 100 g olinib, uni begona aralashmalardan toza-
lanadi. Toza qilingan don mikrotegirmonga solib may-
dalanadi. So‘ngra mayda qilingan yemdan chamalab 2 g 
og‘izga kaft otiladi va uzoq chaynab turib mazasi totiladi. 
Yemdan og‘izga kaft otishdan oldin va chaynalgandan 
so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i suv bilan chayib tashlanishi kerak.


117

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə