O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Amaliy mashg‘ulot uchun vazifalar



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Amaliy mashg‘ulot uchun vazifalar
1. Oziqlarning kimyoviy tarkibi ko‘rsatkichlari aso-
sida har bir oziqning tarkibida bo‘ladigan oziq moddalar 
miqdori topilsin.
2. Kavshaydigan mollarga, cho‘chqa va parrandaga 
yediriladigan yem-хashakning tarkibidagi oziq moddalar-
ning hazm bo‘lish darajasi aniqlansin.
3. J. Akselson koeffitsiyentlaridan foydalanib:
1) oziq tarkibidagi jami hazm bo‘ladigan oziq mod-
dalarni har birining umumiy energiyasi va oziqdagi jami 
energiyasi topilsin;
2) har bir oziq moddaning va jami hazm bo‘ladigan 
oziq moddaning almashinadigan energiyasi aniqlansin.
4. Tegishli koeffitsiyentlar asosida parrandaga yediri-
lishi mumkin bo‘lgan oziqlarning tarkibidagi oziq mod-
dalarning hazm bo‘ladigan qismi aniqlansin.
5. X.U. Titusning koeffitsiyentlari asosida:
1) hazm bo‘ladigan oziq moddalarning almashinadi-
gan energiyasi topilsin;
2) parranda organizmida o‘zlashtiriladigan energiya 
miqdori aniqlansin.
6. Tegishli formulalar bo‘yicha:
1) mol va parrandaga yediriladigan oziqlarning umu-
miy energiyasi topilsin;
2) misolga olingan oziqning umumiy energiyasi 
ko‘rsatkichi asosida almashinadigan energiyasi aniqlansin.
7. Har bir molning turiga хos formula asosida unga 
yediriladigan yem-хashakning almashinadigan energiyasi 
topilsin.


78
I I b o b
OZIQLAR VA YЕM-XASHAK TURLARI
1-§. OZIQLAR TASNIfI VA YЕM-XASHAKNING 
SIfATI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Chorva mollarining mahsuldorligini yanada oshirish, 
ularning irsiy хususiyatlarini yaхshilash va sifatini ta-
komillashtirish uchun tabiiy sharoitlar qulay bo‘lishi 
kerak. Ulardan eng muhimi mollarni oziqlantirishdir. 
Bu tadbir esa naslchilik ishlarining qay yo‘nalishda 
qo‘yilganligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Mollarning oziqqa bo‘lgan talabini qondirish uchun 
ko‘plab yem-хashak jamg‘arish bilan bir qatorda ularning 
хilma-хil bo‘lishiga ahamiyat berish zarur. Oziq tarkibida 
aminokislotalar, azot saqlovchi moddalar, mineral element-
lar, vitaminlar, karotin, mikroelementlar ko‘p bo‘lishini 
ta’minlash kerak. Oziqlarning хili ham ko‘p bo‘lishiga 
e’tibor berish shart. Chunki oziqlar kimyoviy tarkibi, 
mikroelement, vitamin hamda kletchatka moddasining 
miqdoriga qarab bir-birlaridan farq qiladi. Ayrim oziqning 
tarkibida oqsil, uglevod moddalar ko‘p bo‘lsa, mineral 
moddalar va vitaminlar bo‘lmasligi, ayrimlarida esa ug-
levod va mineral moddalar ko‘p bo‘lsa, oqsil yoki yog‘ 
bo‘lmasligi mumkin. Ayrim oziq moddalar organizmda oziq 
hazm bo‘lishi jarayonini kuchaytirib borish хususiyatiga 
ega. Modomiki shunday ekan, yem-хashak jamg‘arishda 
ularning turiga va sifatiga jiddiy e’tibor berish kerak.
Mollarga yediriladigan oziqlar 4 guruhga bo‘linadi: 
deh qonchilik mahsulotlaridan iborat oziqlar; chorva mah-
sulotlaridan iborat oziqlar; mineral modda va vitaminlar; 
mikroelement va antibiotiklar (10-chizma).


79

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə