O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Sug‘urta bozori bo‘lishi uchun nima mavjud bo‘lishi kerak



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

9.Sug‘urta bozori bo‘lishi uchun nima mavjud bo‘lishi kerak. 
A. Bitta sug‘uta tashkiloti faoliyat ko‘rsatishi
B. Davlat sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishi kerak. 
C. Turli mulk shaklidagi sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatishi kerak. 
D. Faqat xususiy kompaniyalar 
10.Sug‘urta adjasteri nima vazifani bajaradi. 
A. Sug‘urtalash 
B. aktuar xisoblarni amalga oshiradi. 
C. Sug‘urta vositachiligini amalga oshiradi 
D. Sug‘urtalovchi uchun sug‘urta xodisasi bo‘yicha ekspert xulosasi berish. 
3-BOB. O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTANING SHAKLLANISH
TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
O’quv maqsadi: 
O‘zbekistonda sug‘urtaning shakllanish tarixi, Mustaqil 
O‘zbekistonda sug‘urtaning huquqiy asoslarining yaratilishi, sug‘urta fondi 
nazariyasi va uning shakllanish manbalari, shuningdek O‘zbekistonda 
sug‘urtaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha nazariy bilimlarni shakllantirish va 
amaliy jihatlarini o’rgatishdan iborat. 
Tayanch iboralar: 
sug‘urta fondi, sug’urta huquqi, sug’urta badali, 
sug’urta tizimi 
3.1.O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sug‘urta sohasida ro‘y bergan 
o‘zgarishlar. 
1991-yilning noyabr oyida «Mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston 
Respublikasida keng miqyosda davlatga tegishli bo‘lgan korxonalarni ijaraga 
topshirish, ularni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy 


27 
islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni uyg‘unlashtirish orqali bosqichma-bosqich 
amalga oshirildi. 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida, ya’ni 1992-1993-yillarda, 
davlatga qarashli kichik korxonalar va uy-joy fondi eng kam narhlarda, asosan, 
korxonaning xodimlariga sotildi. Bu davrda 54000 korxona xususiylashtirildi, 
18000 dan ortiq oilaviy korxonalar va 26000 ta aksionerlik jamiyati tashkil etildi. 
Shuningdek, mazkur bosqichda 700 dan ortiq davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari 
jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. 
Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo‘lganligi tufayli, 
ularni har xil noxush hodisalardan sug‘urta qilishga ehtiyoj bo‘lmagan. Sababi, 
ushbu korxonalarga sug‘urta hodisalari natijasida zarar yetkazilsa, bu zararlar 
davlat mablag‘lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi. Ammo, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish 
natijasida nodavlat sektorida o‘n minglab korxonalarni paydo bo‘lishi, o‘z-o‘zidan, 
sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi 
tajribadan farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli 
zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi. 
Yuqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, 
amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. 
Davlat sug‘urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug‘urta 
kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga 
soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993-yilning 6 mayida 
O‘zbekiston Republikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) “Sug‘urta 
to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta 
bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishda sug‘urtaning mavqei va o‘rnini belgilab berdi, fuqarolar va yuridik 
shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liqroq qondirilishini 
kafolatladi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya 
qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minladi. Shunisi diqqatga sazovarki, 


28 
mazkur qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha 
so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat sug‘urta 
tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi.
1992-1994-yillarda iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida monopoliyaga 
barham berilish va xususiylashtirish jarayoni kuchayishiga qaramasdan, 
O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urta muassasalarining ustunligi saqlanib 
qoldi. Mamlakatning shahar va qishloq joylaridagi asosiy sug‘urta operatsiyalari 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta Bosh 
boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan jami 
2415,1 mln. rubl miqdorida sug‘urta badallari yig‘ib olingan. Bu ko‘rsatkich 1991-
yilda yig‘ib olingan sug‘urta badallaridan uch marta ko‘pdir. Agar, ushbu davrda 
sug‘urta badallari tarkibini chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, umumiy hajmda 
shaxsiy sug‘urtaning ulushi kam ekanligini ko‘ramiz. Xususan, 1991-yilda sug‘urta 
badallarining umumiy hajmida shaxsiy sug‘urtaning ulushi 38,5 foizni tashkil 
etgan bo‘lsa, 1992-yilda bu ko‘rsatkich – 16,2 foizni tashkil etdi. Buning asosiy 
sababi, pulning qadrsizlanishi va o‘sha paytda ijtimoiy- iqtisodiy hayotda ro‘y 
bergan tangliklar bilan bog‘liqdir. Shaxsiy sug‘urta turi bo‘yicha 1990-yilda 
6915,9 ming shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1992-yilda 2624,0 
mingni tashkil etdi yoki shartnomalar soni 2,6 martaga kamaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yuridik shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy 
sug‘urta qilish iqtisodiy nuqtai-nazardan samarali hisoblanadi. Chunki, iqtisodiy 
islohotlarning mohiyati ham ko‘proq korxonalarni moliyaviy barqarorligini 
ta’minlashga qaratilgan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar majmuasini amalga 
oshirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday chora-tadbirlardan biri korxonalarni 
mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilishdir. 1992-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 
davlat sug‘urta organlari tomonidan yig‘ib olingan jami sug‘urta badallari hajmida 
mol-mulk sug‘urtasining ulushi keskin kamayib ketdi. 
1992-1994 va undan keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida majburiy 
sug‘urta qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazish faqat davlat sug‘urta 


29 
tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. Bunday sug‘urta turlariga qishloq xo‘jalik 
mol-mulkini sug‘urtasi, fuqarolarni mol-mulkini sug‘urtasi va yo‘lovchilarni 
baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urta qilishni o‘z ichiga olgan edi. Shu yerda 
ta’kidlash zarurki, 1991-yilning 1 yanvaridan sobiq ittifoq hududida qishloq 
xo‘jaligi korxonalari mol-mulkini majburiy sug‘urta qilish bekor qilingan edi. 
Ammo, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining muhim tarmog‘i 
hisoblangani uchun, bu tarmoqqa qarashli mol-mulklarni sug‘urta qilish ishlari 
uzluksiz davom ettirildi. 1993-yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkini 
majburiy sug‘urta qilish joriy etildi. 
1992-yil boshlarida O‘zbekistonda nodavlat sektorida o‘nga yaqin sug‘urta 
kompaniyalari faoliyat ko‘rsatdi. Ular, davlat sug‘urta tashkilotlaridan farqli 
o‘laroq, amaldagi sug‘urta qilish qoidalarini ancha takomillashtirdilar. Jumladan, 
sug‘urta badali stavkasini kamaytirgan holda sug‘urta javobgarligi hajmini 
kengaytirdilar. 1992-yil davomida mamlakatda «Umid» qo‘shma sug‘urta 
kompaniyasi, «Inobat», «Ishonch», «Temir yo‘lchi» kabi bir qator nodavlat 
sug‘urta tashkilotlari turli xil sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirdilar. 
1993-1994-yillar davomida sug‘urta sohasida monopoliyadan chiqarilish 
jarayoni bir muncha tezlashdi. 1994-yil oxirlarida mamlakat nodavlat sektorida 60 
dan ortiq sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsata boshladi. 1993-yilda davlat 
sug‘urta tashkilotilari tomonidan jami 26892,8 mln. rubl miqdorida sug‘urta 
badallari yig‘ib olingan va uning qariyb 81,3 foizi majburiy sug‘urta turlaridan 
kelib tushgan. Aniqroq qilib ta’kidlaydigan bo‘lsak, ushbu kelib tushgan majburiy 
sug‘urta badallarining 79,4 foizi yoki 21,4 mlrd. rubli qishloq xo‘jalik 
korxonalarining mol-mulkini sug‘urta qilishdan kelib tushgan. Mol-mulklarni 
ixtiyoriy sug‘urta qilish va shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan badallar 
umumiy sug‘urta tushumlarida tegishli ravishda 7,3 va 9,4 foizlarni tashkil etdi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, 1993-yilda davlat sug‘urta muassasalari 12,8 
mlrd. rublni bevosita sug‘urta hodisalari tufayli ko‘rilgan zararlarni qoplashga 
sarfladi. 1994-yilning 1 iyulida Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta Bosh 


30 
boshqarmasi fuqarolar tomorqalaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlari va ko‘p yillik 
dov-daraxtlarni ixtiyoriy sug‘urta qilish qoidalarini tasdiqladi. Bu qoidalarga ko‘ra, 
kartoshka, sabzovat, poliz ekinlari, ko‘chatlar, tomorqada o‘stirilayotgan mevali, 
rezavor hamda boshqa ko‘p yillik daraxt, buta – o‘simliklar ixtiyoriy sug‘urtaga 
olindi. Sug‘urta badallarining stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinlari turlariga qarab 
belgilandi. Masalan, bir yillik va ko‘p yillik ekilgan o‘tlar uchun sug‘urta 
badalining stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan 7 foiz miqdorida belgilandi. 
1993-1994-yillarda nodavlat sug‘urta tashkilotlari ichida eng ko‘p sug‘urta 
operatsiyalarini amalga oshirgan hamda eng dastlabki nodavlat sektoridagi 
sug‘urta kompanyalaridan biri – «ARK sug‘urta guruhi»dir. Bu kompaniya ilk 
marta 1991-yilning 21 fevralida «ASTROVAZ» nomi bilan rossiyalik hamkorlar 
yordamida tashkil etildi. 1992-yilning yanvar oyida Rossiyalik hamkorlar 
ta’sischilar safidan chiqarildi. Shu yilning 24 iyunida «ASTROVAZ» yopiq 
turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirildi. 1993-yilning mart oyidan boshlab bu 
tashkilot «ARK sug‘urta guruhi» deb atala boshlandi. U, asosan, O‘zbekiston 
hududida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar vakolatxonalari, elchixonalarining 
mol-mulkini sug‘urtalash bilan shug‘ullangan. 
«ARK sug‘urta guruhi» bilan bir qatorda 1992-1994-yillarda «Umid» osiyo 
sug‘urta kompaniyasi ham nisbatan faol sug‘urta qilish ishlarini amalga oshirdilar. 
Bu kompaniyaning asosiy ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi hom-ashyo birjasi 
va Pokiston Islom Respublikasidan bo‘lgan hamkorlardir. Ushbu kompaniya 
dastlab, 
eksport-import 
yuklarini, 
transport 
vositalarini 
sug‘urtalashga 
ixtisoslashdi. Keyinchalik «Umid» osiyo sug‘urta kompaniyasi tijorat banklari 
tomonidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida qarz oluvchilar tomonidan qaytarib bera 
olmaslik tavakkalchiligini sug‘urta qila boshladi. Hozirgi paytda «Umid» sug‘urta 
kompaniyasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Yuqorida bayon etilganlar shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston sug‘urta 
bozorida davlat sug‘urta tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy, aksionerlik va 
boshqa mulk shaklidagi sug‘urta kompaniyalari ham raqobat asosida faoliyat 
ko‘rsatishlari mumkin. 


31 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə