O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

 
ta’kidlanganidek,
 
iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida 
gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar 
mujassam ekanini qayd etish lozim
1

– ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish 
orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini 
oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; 
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar 
siyosatni amalga oshirish; 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. www.uza.uz 



– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir 
malakali kadrlarni tayyorlash. 
Ushbu maqsadlarga erishishda sug‘urta bozori va uning infratuzilmasini 
rivojlantirish uchun tizimda faoliyat ko‘rsata oladigan raqobatbardosh mutaxassis 
kadrlarni tayyorlash barcha muammolar yechimida o‘zining ijobiy samarasini 
ko‘rsatadi. Chunki, moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan sug‘urtaning 
milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, milliy iqtisodiyotimizda 2021 yildan tibbiyot 
sug‘urtasini joriy qilinishi, sohada ulkan istiqbolli rejalar borligini anglatadi. 
Bugungi kunda sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish asosida sug‘urta bozorining 
ko‘lamini kengaytirish, uzoq qishloq joylarida sug‘urta tashkilotlari filial va 
bo‘linmalarining ochilishi, sug‘urta bozoriga yangi xizmatlar taklif etish, sug‘urta 
qonunchiligini takomillashtirish dolzarb masalalar bo‘lib qolmoqda. 
Sug‘urta tizimini rivojlantirish uchun sug‘urta sohasini yaxshi biluvchi 
malakali kadrlarni tayyorlash ham bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Mavjud nazariy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki
2
, aynan nomutaxasislik 
yo‘nalishidagi iqtisodiyot sohalarida o‘qitilayotgan “Sug‘urta nazariyasi va 
amaliyoti” fani bo‘yicha darslik va adabiyotlar mavjud emas. Mazkur o‘quv 
qo‘llanma aynan 5230600-“Moliya”, 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit” 
ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilishi rejalashtirilgan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” 
fan dasturi doirasida tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanma nomutaxassislik 
yo‘nalishlarida o‘qitilishi ko‘zda tutilgan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” fanini 
adabiyot bilan ta’minlash imkonini berishi bilan birgalikda sug‘urta ishining 
nafaqat nazariy asoslari, balki amaliy jihatlarini o‘zlashtirish orqali amaliy 
ko‘nikmalarni ham shakllantirish imkonini beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan 
barcha iqtisodiyot ta’lim sohasi talabalari, magistrantlar, ishlab chiqarish 
mutaxassislari hamda fan o‘qituvchilari keng foydalanishlari mumkin.
 
2
Shennayev X.M. va boshq. Sug‘urta ishi. O‘quv qo‘llanma. TMI. T.: “Iqtisod-moliya”, 2014. 248 b. 




Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə