23
yadroga kirishi osonlikcha bo‘lmaydi. Buning uchun kelib qo‘shiladigan zarracha atom
yadrosiga yadro kuchlari ta’siriga beriladigan darajada yaqin masofaga kelishi (proton uchun esa
yadroning itarish kuchini ham yenggan holda) zarur bo‘ladi. Demak, qo‘shil
uvchi proton yoki
neytron yadro tomon juda katta tezlik bilan (ya’ni energiya bilan) yaqinlashishi lozim bo‘ladi.
Nazariy
hisoblashlar, yulduzlar (jumladan, Quyosh) markazidagi bir necha million gradusli
temperatura protonlarga xuddi shunday tezlikni bera olishini, u yerda
termoyadro reaksiyasi
uchun qulay sharoit mavjudligini ma’lum qildi. Neytronlar esa bunday yuqori temperaturada
turg‘unligini yo‘qotib, yarim soatga yetar
-yetmas proton, elektron va neytrinoga parchalanib
ketishi
va yadroviy reaksiyalarda
deyarli ishtirok etmasligini ko‘rsatdi.
2.Er atmosferasining tarkibi.
Atmosfera
(yunoncha atmos
–
bugʻ va sfera)
–
yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga
aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15
-
YU15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977
-1021
t)ni
ng taxminan. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va
zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay,
uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun
masalan-sasining taxminan. 50 % yer sirtidan 5
km balandlikkacha boʻlgan qatlamda,
qolgan
50 % esa 30
–
35
km balandlikkacha boʻlgan qatlamda toʻplangan. Yer sirtida Atmosferaning
zichligi YU-
3 g/sm³ boʻlsa, taxminan. 700
km balandlikda 10-1
6 g/sm³. Atmosfera yuqori
qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning
uchun Atmosferaning keskin chegarasi boʻlmaydi, asta
-
sekin sayyoralararo fazoga oʻtadi.
Atmosferaning yuqori qatlamlari
Quyoshdan chiqadiga
n radiasiya energiyasi taʼsirida issikdik
olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bogʻliqdir. Atmosfera
yuqori qatlamlarining zichligi Quyosh yoritayotgan vaqtda yoritmayotgan
vaqtga qaraganda
kattaroq. Shuningdek, Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi qutb rayonlarida ekvatorial
rayonlardagiga qaraganda kichik. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon
(0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan
qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda
geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda
metan, azot, oksid, uglerod (I)-
oksid va boshqa tabiiy hamda sanoat gazlari boʻlib, miqdori
oʻzgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: