26
boʻyicha oʻzgarishiga qarab, stratosfera: 1) temperaturasi oʻzgarmaydigan izosfera; 2)
temperaturasi ortib boradigan inversiyaizopauza qatlamlariga boʻlinadi. Quyi va ekvatorial
kengliklarda stratosfera odatda inversiyadan boshlanadi. Meridian
boʻyicha havo koʻchishining
kuchayishi (stratosferaning muhim xossasi) Yer yarim sharlari orasidagi havo almashinuviga
yordam beradi. taxminan 80
–
90
km balandlikda temperatura 190°K gacha pasaya boradi. 50
–
90
km balandlik oraligʻidagi
Atmosfera qatlami
mezosfera deb yuritiladi. Mezosferaning 82
–
85 km balandligida yoz vaqtlarda kumushsimon bulutlar kuzatiladi. Mezosferada havo tarkibi
troposfera va stratosfera qatlamlaridagi kabi aralash gazlardan iborat. Mezosferada fotokimyoviy
jarayonlar katta rol o
ʻynaydi. Quyoshning qisqa toʻlqinli radiatsiyasi taʼsirida faol harakatchan
atom va molekulalar hosil boʻladi. 90
km dan yuqorida termosfera qatlami boshlanib,
temperatura tez koʻtarila boradi. temperaturaning koʻtarilish darajasi qisqa toʻlqinli Quyosh
ra
diatsiyasining yutilish jadalligiga bogʻliq. Mezopauzadan yuqorida toʻlqin uzunligi 1750 A
dan qisqa boʻlgan ultrabinafsha rentgen va korpuskulyar nurlari taʼsirida dissotsiyalanish va
rekombinatsiyalanish tufayli zarrachalarning kimyoviy oʻzga
-rishi, shun
ingdek, ionlashish roʻy
beradi. Kislorod molekulasi 80
–
90 km dan 200
–
250 km gacha, azot esa 250 km dan yuqori
balandliklarda dissotsiyalanadi, yaʼni atomlarga ajraladi. 400 –
500 km
balandlikdan yuqorida
Atmosfera asosan kislorod va azot atomlaridan tashkil topgan. Bu qatlamlarda neytral geliy
boʻlib, uning miqdori balandlik ortgan sari ortib boradi. Havo tarkibining balandlik boʻyicha
oʻzgarishiga gazlar diffuziyasi ham kuchli taʼsir qiladi. Termosferaning pastki
qismidakonveksiya, yuqori qismida esa is
siqlik oʻtkazuvchanlik bilan issiqlik almashinadi. 100
–
900
km balandlikdagi qatlamda qutb yogʻdusi va ionosfera toʻlqinlari kuzatiladi, 900
km dan
yuqorida ekzosfera qatlami boshlanib, temperatura oʻzgarmay qoladi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari
(YESY)ning uchi
shiga Atmosferaning taʼsiri oʻrganilgan va oʻrganilmoqda. Atmosferaning
yerdan 150
km gacha boʻlgan qatlamini zich qatlam va undan yuqoridagi qatlamini Yer
atrofidagi kosmik boʻshliq deb ajratiladi. Yer sirtiga yaqin Atmosfera
qatlamlarining zichligi
katta
boʻlganligi sababli, kosmik tezlikdagi raketa va sunʼiy yoʻldoshlar bu qatlamlarda ucha ol
-
maydi, yonib ketadi. Shuning uchun ham sayyoralararo fazodan yer Atmosferasining zich
qatlamiga kirib kelgan meteorlar 120 km balandlikda qiziy boshlaydi va, nihoyat, 60 km
balandlikda yonib ketadi. Bu hodisani xalq tilida „yulduz uchdi“ deb yuritiladi. Raketa va sunʼiy
yoʻldoshlar 150
km dan boshlab Yer atrofida aylanishi mumkin. Atmosfera elektr
oʻtkazuvchanlik xossasiga ega. Atmosferadagi elastik toʻlqinlar tovush
chiqaradi. Yorugʻlik
Adan oʻtayetgan vaqgda tuman tomchilari va kristallardan qaytishi, sochilishi va sinishi
natijasida har xil optik hodisalar roʻy beradi. Atmosferada maʼlum miqdorda radioaktiv
moddalar boʻladi. Ular tabiiy va sunʼiy radioaktivlik natijasida hosil boʻladi.
Atmosfera
radioaktivligida asosiy rolni radon izotop oʻynaydi. U yer qatlamida uran, toriy va aktiniylarning
radioaktiv parchalanishi natijasida hosil boʻladi va Atmosferaga tuproq havosi orqali oʻtadi. Har
bir kv.m yerdan Aga oʻrtach
a 10-
17 kyuri/l radon ajraladi. Baʼzan, uran va plutoniy atom
yadrolaridagi uzluksiz reaksiyalar natijasida AtmosferaNING tuzilishi va fizik xossalari bevosita
va bilvosita usullar yordamida oʻrganiladi. Bevosita tekshirish vositalari qatoriga radiozond,
aerostat, uchar shar, samolyot, raketa, YESY va kosmik kemalar kiradi. Bularning ichida Aning
20
–
25 km (ayrim hollarda 35
–
40 km gacha) balandlikdagi qatlamlarini tekshirish uchun
radiozondlar qoʻllaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, is
-talgan balandlikdagi havoning
temperaturasi, bosimi, namligi va shamolning yoʻnalishi, tezligi haqidagi maʼlumotlar zudlik
bilan radio orqali olinadi. Bilvosita kuzatishlar
qatoriga projektor nuri, tovushning anomal
tarqalishi, meteor izlarining harakati, elektromagni
t toʻlqinlarning tarqalishi, shuningdek
ultrabinafsha nur radiatsiyasi, osmonning tunda yoritilishi va qutb yogʻdusi nurlarining spektral
tarkibini tekshirishlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: