32
shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vujudga
keladi.
Quyoshdan yer betiga bevosita yetib
kelgan radiatsiya to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga
to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi.
Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya
bilan to‘g‘ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum
cho‘linin
g janubida 1 sm.kv yuzada 150 kkal issiqlikka teng. Yalpi radiatsiya shimolga tomon
kamayib boradi.
Yer yuzidagi joyning geografik o`rnini aniqlash uchun uning geografik kengligini va
geografik
uzunligini bilish zarur. Joyning geografik kengligi va geografik uzunligi birgalikda shu joining
geografik koordinatasi deb ataladi.
Globus va xaritadan joyning geografik koordinatasini aniqlashni quyidagi misollar yordamida
o`rganishingiz mumkin: Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrining geografik
koordinatasini aniqlash kerak bo`lsin. Buning uchun avvaliga globus yoki Sharqiy yarimshar
xaritasidan London shahri joylashgan geografik kenglikni aniqlash lozim.
Globusdan London ekvatorga nisbatan shimol tomonda, ya`ni 50 daraja va 60 daraja shimoliy
kengliklar orasida joylashganligini ko`rish mumkin. Shaharning geografik
kengligini aniqroq
bilish uchun 50 daraja va 60 daraja parallellar orasini chirg`ich yordamida o`lchaymiz va uni 10
qismga bo`lib chiqamiz. Bu har bir qism 1 darajadan iborat bo`ladi. Aniqlash mumkinki, London
shahri ana shu 10 ta qismning birinchi qismiga to`g`ri keladi. Shuning uchun 50 darajaga 10 ni
qo`shamiz. Bu esa shaharning geografik kengligi 51 daraja sh.k. ekanligini ko`rsatadi. Buyuk
Britaniyaning poytaxti Bosh meridianda joylashgani uchun uning geografik uzunligi 0 daraja
bo`ladi. Demak, London shahrining geografik koordinatasi 51 daraja sh.k. va 0 darajali geografik
uzunlik ekan.
Toshkent shahrining geografik koordinatasini aniqlaylik. Poytaxtimiz ham ekvatorga nisbatan
shimolda joylashgan. Shuning uchun u shimoliy kenglikka ega. Xaritadan ko`rish mumkinki,
Toshkent 40 daraja va 50 daraja paralleldan taxminan 10
yuqorida, ya`ni 41 daraja kenglikda
Toshkent shahri joylashganligini ko`rish mumkin.
Endi shaharning geografik uzunligini aniqlaymiz. Poytaxtimiz Bosh meridiandan sharqda
joylashgan. Shuning uchun u sharqiy uzunlikka ega bo`ladi. Xaritadan ko`rish mumkinki,
Toshkent 60 daraja va 70 daraja meridianlar orasida joylashgan. Bu oraliqni ham teng 10
bo`lakka bo`lib, shahar bu bo`laklarning to`qqizinchisiga to`g`ri kelishini topamiz. Bundan
Toshkent 69 daraja shq.u.da joylashganligini aniqlaymiz. Demak, Toshkent shahrining geografik
koordinatasi 41 daraja sh.k. va 69 daraja shq.u. ekan.
Yer yuzining turli joylarida har xil hodisalar bo`lib turadi.
Dengizda kemalar halokatga
uchraganda, o`rmonlarda yong`in bo`lganda, fazogirlar qo`nganda va boshqa hollarda
shoshilinch yordam yuborish uchun avvaliga o`sha joy xaritadan aniqlab olinadi.
Masalan, dengizda kemaning halokatga uchraganligi haqida quyidagicha shoshilinch xabar
olindi, deylik: "Kemamiz halokatga uchradi. Geografik koordinatamizni ma`lum qilamiz: 28
daraja j.k. va 94 daraja shq.u.”
Halokatga uchragan kemaga yordam berishdan avval globus yoki xaritadan xabar qilingan
geografik koordinata qayerda ekanligi aniqlab olinadi. Xabarga ko`ra, kema janubiy kenglikda
20 daraja va 30 daraja parallellar orasida halokatga uchragan. Globus va xaritadan 20 daraja va
30 daraja parallellar orasidan 28 daraja j.k. topiladi.
Dostları ilə paylaş: