8.4.Interpolyasiya va ekkstrapolyasiya.
Interpolyasiya
(lot. inter - orasida va polio
—
tekislayman)
—
1) matematikada
—
bir necha
nuqtada berilgan funksiya qiymatlaridan shu nuqtalar orasidagi nuqtalarda funksiyaning taqribiy
qiymatini topish. I. dan farqli ravishda ekstrapolyasiya da funksiyaning taqribiy qiymati berilgan
nuqtalardan tashqaridagi nuqtalarda topiladi; 2) statistikada
—
voqealar qatoriningoraliq hadlari
taxminan qiymatlarini matematik usulda hisoblab topish; qatorning nomaʼlum qiymatlarini
topish. Qatorning nomaʼlum qiymatlari qatorning maʼlum hadlari orqali hisoblab topiladi yoki
miqdori aniq boʻlgan boshqa hadlar bilan oʻzaro bogʻliqyaigi asosida aniqlanadi.
[1]
8.5.Gidrometereologik observatoriyalar. Gidro-meteorologik stansiyalar.
Gidrometeopostlar. Albedo.
Meteorologik stansiya
-
obhavo va iqlimnn oʻrganish, atmosferani ilmiy tadqiq qilish
maqsadida uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan muassasa; maʼlum talablarga javob
beradigan maydonchaga oʻrnatiladi. Meteorologik stansiyaning maxsus meteorologik maydonida
turli meteorologik asboblar va kurilmalar, shuningdek, xodimlar ishlaydigan joylari va boshqa
boʻladi. M. yeda atmosfera temperaturasi, bosim va havo namligi, shamol, yogʻinlar, bulutlar va
boshqa meteorologik elementlar uzluksiz aniqlab turiladi. Meteorologik stansiya 3 razryadga
boʻlinadi: I razryadli Meteorologik stansiya vazifalariga atmosferani kuzatish natijalarini ishlab
chiqish, shuningdek, unga biriktirilgan II va III razryadli Meteorologik stansiya va postlar ishiga
texnik rahbarlik qilish va manfaatdor tashkilotlar, korxonalar, muassasalarga meteorologik
sharoitlar haqidagi maʼlumotlar berish, iqlim materiallari bilan xizmat koʻrsatish kiradi.
Meteorologik stansiya 18-asrda vujudga kelgan. Hozirgi kunda sayyoramizdagi deyarli
barcha davlatlarda 10000 ga yaqi
n, jumladan, Oʻzbekistonda 47 ta Meteorologik stansiya bor
(qarang
Gidrometeorologiya xizmati
). Aholi kam yashaydigan joylarda (mas, togʻlik zonalarda)
,
asosan, avtomatik Meteorologik stansiya dan foydalaniladi. Meteorologik stansiya maʼlumotlari
obhavo holatini bilishda va yaqin kunlar uchun prognoz tuzishda asos boʻlib xizmat qiladi.
[1]
Dostları ilə paylaş: |