O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Gay Pliniy Sekund
(24-79 y.) – rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim 
va davlat arbobi, 79 yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida 
yuz bergan umumxalq fojeasi vaqtida halok bo‗lgan.
Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat ―Germanlarning 
urushlari‖, ikki jilddan iborat ―Pomponiy Sekundning hayoti‖ va 37 kitobdan 
iborat ―Oddiy tarix‖ nomli asarlar yozib qoldirgani ma‘lum. Pliniyning germanlar 
tarafidan Reyn va Dunay bo‗ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs 
yurituvchi ―Germanlarning urushlari‖ nomli asari bizning davrimizgacha yetib 
kelmagan, lekin u Korneliy Tasitning (taxminan 56-117-yy.) ―Solnomalar‖ 
imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok 
bo‗lishigacha (milodning 68 yili) bo‗lib o‗tgan voqealarni o‗z ichiga oladi hamda 
―Germaniya‖ (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli 
asarlari uchun birinchi manba bo‗lgan. ―Pomponiyning hayoti‖da Pliniy sobiq 
boshlig‗i Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar 
ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
―Oddiy tarix‖ Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik 
dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda muallifning 
o‗z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo‗lmaganligi, ayrim dalil va 
voqealarni buzib ko‗rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi 
bo‗yicha keng ma‘lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e‘tiborga sazovordir. 
―Oddiy tarix‖da O‗zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, 
masalan, skiflar, Oks-Amudaryo, Yaksart-Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy 


53 
boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma‘lumotlar 
bor. 
Poliyen
(lot. Polyaenus) (mil. 2-a.) — makedoniyalik yunon yozuvchisi. 
Rimda advokat va notiq sifatida shuhrat qozongan. 
162-y. Parfiya bilan urush boshlanganda ―Strategmalar‖ («Harbiy hiylalar») 
asarini yozib uni imperatorlar Mark Avreliy va Lutsiy Verga bagʻishlagan. 
Bu asar 8 kitobdan iborat boʻlib, sarkar-dalar va b. shaxslarni urush paytidagi xatti-
harakatlari toʻgʻrisidagi misollarni oʻz ichiga olgan. Asar yunon mifologiyasidan to 
rimliklar (Avgustin ham)gacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Poliyen maʼlumotlari 
yunon va Rim manbalariga asoslanib yozilgan. Oʻrta Osiyo xalqlari orasida keng 
tarqalgan «Shiroq» afsonasi Poliyenning ushbu asari asosida vujudga kelgan. 
«Qadimgi sarkarda va qahramonlarning jangovarlik maxoratini o‗z ichiga 
olgan Poliyen asarini faqat harbiy kishilar emas, balki tarixiyligi jixatidan barcha 
toifadagi odamlar ham bilishi zarur bo‗lgan ishdir. Faqat qurol kuchi bilan emas, 
uzoqni ko‗zlaydigan o‗tkir fikrlari bilan dushmanni mag‗lubiyatga uchratgan 
sarkardagina eng oliy darajadagi harbiy san‘atni egallagan hisoblanadi»,- deb 
ta‘kidlaydi asarning ruscha so‗z boshisida tarjimon Dimitriy Pappadopulo. 
Tarjimon o‗z fikrida davom etib yana shunday deydi: «Uzoqni ko‗ra olmaydigan 
sarkardalar juda ko‗p talafot ko‗rib, o‗tkir fikrli sarkardalar shuncha ko‗p foyda 
ko‗rgan, yuksak harbiy mahoratga ega bo‗lmagan sarkardaning qo‗shinlari hamma 
vaqt o‗limga mahkum etilgan. Tajribali, uzoqni ko‗ra oluvchi sarkardalar boshliq 
bo‗lgan qo‗shinning saf tortib turishiyoq dushmanni dovdiratib qo‗ygan. 
Sarkardaning bitta oqilona fikri, harbiy tadbirkorligi dushman ustidan 
g‗alabaga,"kuchli flotni qirib yuborishga, o‗tib bo‗lmas to‗siqlarni yengishga, bir 
qancha viloyatlarni zabt etishga sabab bo‗lishi mumkin. Bu haqiqatni isbotlash 
uchun xalqlar tarixidan juda ko‗plab misollar keltirish mumkin. Bu dalillar, 
vasiyatnomalarni yig‗uvchi fidoyi yozuvchilar bo‗lmaganida, ularning yigirmadan 
bir qismi ham bizning avlodimizga yetib kelmagan bo‗lardi. 
Poliyenning ijodi jahon madaniyati xazinasida alohida yuksak o‗rin 
egallaydi. Uning asarlarining tarixiy va badiiy qimmati hali tadqiqotchilar 
tomonidan chuqur o‗rganilgan emas. Shuningdek, hayotiga oid manbalar ham 
tiklanganicha yo‗q. «Harbiy hiylalar» (Strategemi») deb nomlanuvchi sakkiz 
kitobdan iborat nodir asar Poliyen nomini jahonga tanitdi. 
O‗zbek xalq og‗zaki ijodida afsona deb nomlanadigan «Shiroq» hikoyasi 
ham Poliyen asari orqali bizgacha yetib kelgan, Doroning skiflar yurtiga yurishi 
haqida ko‗plab rivoyatlar mavjud. Ularning deyarli barchasida ham Doroning 
skiflardan yengilganligi hikoya qilinadi. Poliyen keltirgan «Shiroq» («Sirak») da 
Doro qo‗shinlarining skiflar tomonidan tor-mor etilganligi bayon qilinsa, Gerodot 


54 
asaridagi «Doroning skiflar o‗lkasiga yurishi» hikoyatida skiflar bilan bo‗lgan 
jangda Doroning bevosita o‗zi qatnashadi. 
Skiflar ot ustidan o‗q otishga juda usta bo‗lib, asosan chorvachilik bilan 
shug‗ullanishardi. Bepoyon tekisliklari o‗t o‗lanlarga juda boy edi. Doro ularga 
qarshi yurish boshlaydi. Oldin choparlarni, so‗ngra ularning orqasidan piyoda 
lashkarlarni yuboradi. 
Izma-iz quvib kelayotgan Doro qo‗shinlari kechasi horib-charchab, tamaddi 
qilishayotganlarida skiflar qo‗qqisdan hujum boshlaydilar. Skiflarning otliq. 
qo‗shinlari hamma vaqt eroniylarning otliq qo‗shinlaridan ustunlik qilishardi. 
Piyodalari esa zaifroq. edilar. Bu talofatdan so‗ng, tang ahvolda qolgan Doroga 
skiflar o‗z vakillarini yuborishadi. Vakillar Doroga sovg‗a-salomlar olib borishadi. 
Bu sovg‗alar-ichida bitta qush, sichqon, qurbaqa va beshta yoy o‗qi bor edi. 
Eronliklar butun aql-zakovatlarini ishga solib, skiflar yuborgan sovg‗annng 
mag‗zini chaqishga, ma‘nosini anglashga harakat qiladilar. Buning ma‘nosi 
shunday edi: «Agar qushga aylanib, osmonga uchib ketmasang yo sichqon kabi 
yerning tagiga yashirinmasang yoki qurbaqaga o‗xshab botqoqlikdan sakrab 
o‗tmasang, sizlar uchun o‗z ellaringizga sog‗-omon qaytish yo‗q. Mana shu yoy 
o‗qlaridan o‗lib ketasiz». 
Bu yerlarda yo‗l yo‗q edi. Lashkarlarning asosiy qismi piyodalardan tashkil 
topgan. Eronliklar qaysi yo‗ldan Istr daryosining xavfsiz ko‗prigiga yetib olishni 
o‗ylab, hang-mang bo‗lib qoladilar. Otliq skiflar yo‗lni yaxshi bilishardi. Shunnng 
uchun ham, ular ko‗prikka eronliklardan ilgari yetib keladi. Ular ko‗prikni 
qo‗riqlayotgan ioniyaliklarga shunday deydi: «Ioniyaliklar, oxirgi kunlaring keldi, 
bu yerda qolib, nohaq ish qilyapsizlar. Jonlaringning sog‗ qolganiga shukur qilib, 
skiflar xudosidan minnatdor bo‗linglar-da, ko‗prikni buzib, zudlik bilan o‗z 
yurtlaringga qaytinglar. Dorodan shunday qasos olaylikki, u qayta bu yurtlarga 
yovuzlik niyatida qadam bosmasin». 
Ioniyalnklar o‗zaro kengasha boshlashadi. Gellespont davrida Xerson 
hokimi va sardori bo‗lgan afinalik Miltiad skiflar taklifini ma‘qullaydi. Miletlik 
Gistiyey sal boshqacharoq fikrda bo‗ladi. U aytadiki, agar Doroning qudrati 
yakson qilingan bo‗lsa, endi hokimiyatni hech kim idora eta olmaydi. Davlatga 
endi xalq hokimlik qiladi. Uning bu fikriga boshqalar ham qo‗shiladi. Ioniyaliklar 
o‗zaro kengashib, skiflarning g‗azabi qo‗zg‗almasdan ko‗prikni buzib, o‗z 
yurtlariga jo‗nab qolishga qaror qiladi. 
O‗sha kuni kechasi yetib kelgan Doro vayron etilgan ko‗prikni ko‗rib 
vahimaga tushadi. Doro ovozi o‗tkir bir misrlikka qirg‗oq bo‗ylab borib, miletlik 
Gistiyeyni chaqirib, qaytarib kelishni buyuradi. Birinchi ovozni eshitishi bilanoq, 
Doroning sog‗-omon ekanligini sezgan Gistiyey hamma kemalarni qaytarib, 
ko‗prikni tuzatadi. Shunday qilib Doro skiflar o‗lkasidan o‗z yurtiga qaytib ketadi. 


55 
Doro Frakiyani o‗z hukmiga bo‗ysundirgach, mamlakatda katta qo‗shinga sardor 
qilib Megabizni qoldiradi. Gistiyeyga esa qilgan xizmatlari evaziga Frakiyadan bir 
viloyat hokimligini beradi. Gistiyeyning qudrati oshib ketishidan qo‗rqqan 
Megabiz, uni Suzaga chaqirib olishni Dorodan o‗tinib so‗raydi. Doro uning 
maslahatiga quloq solib, Gistiyeyni Suzaga chaqirib oladi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə