O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 260,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix15.04.2023
ölçüsü260,51 Kb.
#105580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi SOTSIAL p

 
 
 
 
 
 



KURS ISHINING TUZILISHI 
Kurs ishi quyidagicha tuzilishga ega bo’lishi mumkin: 
1. Titul varag’i. 
U quyidagi talablar asosida shakllantiriladi. Yuqorida – oliy 
ta’lim muassasasi va kafedra nomi, ta’lim yo’nalishi, varaqning o’rtasida fanning 
nomi hamda kurs ishining mavzusi, yana ham pastroqda chapdan talabaning 
familiyasi, ismi-sharifi, kursi hamda ilmiy rahbarning ilmiy daraja va unvoni, uning 
familiyasi, ismi-sharifi ko’rsatiladi. Pastda – kurs ishi yozilgan yil qayd qilinadi (1-
ilova).
2. Mundarija, 
bunda kurs ishining rejasi va uning bob, bo’limlari ko’rsatiladi. 
Mundarija kurs ishining tuzilishiga qat’iy mos bo’lishi, qisqa, lo’nda, ketma-ketlikda 
va aniq tarzda uning ichki mantig’ini ochib berishi zarur. Shuningdek, unda ishning 
har bir bobi va paragrafi qaysi sahifadan boshlanishi aniq ko’rsatiladi. 
3. Kirish. 
Ishning bu qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning asosiy 
xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, ob’yekti, predmeti, maqsad va vazifalari
gipotezasi) ko’rsatiladi.
Kirishda, shuningdek, tadqiqotning asosiy g’oyasi haqida ham ma’lumot 
beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish va, ayniqsa, ko’plab sitatalarni 
keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4 formatli, 2-3 varaqdan iborat bo’lishi 
zarur. 
Tadqiqotning asosiy xarakteristikalari to’g’ri shakllantirilganligini bilish uchun 
quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinishi kerak:
- tadqiqot muammosini aniqlashda – Oldin o’rganilmagan muammolardan 
qaysi birini o’rganish zarur? 
- tadqiqot mavzusini tanlashda – Tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida o’z 
aksini topganmi? 
- dolzarblikni asoslashda - Nima uchun aynan shu muammoni bugun o’rganish 
shart? 
- tadqiqot ob’yektini belgilashda - Nima tekshiriladi? 
- tadqiqot predmetini aniqlashda – Ob’yektning qaysi yangi jihatlari, 
munosabatlari, aspektlari, tomonlari, funksiyalari tadqiq qilinishi zarur? 



- tadqiqot maqsadini shakllantirishda – Maqsadga erishish uchun nima qilish 
kerak? Amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi? 
- tadqiqot gipotezasini ilgari surishda – Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 
qaysi yo’ldan borish zarur? 
- ochiq himoyaga olib chiqilayotgan holatlarni aniqlashda - Tadqiqotning 
obyekti va predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va h.k.
Kurs ishi talabalarni pedagogik tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi 
bo’lganligi tufayli unda barcha xarakteristikalarni ko’rsatib berish shart emas. 
Ularning ayrimlarigina, xohishga ko’ra, aniqlashtirilishi mumkin (masalan, gipoteza). 
Xarakteristikalarni shakllantirish ilmiy rahbar malakasi, mahorati, talabaning 
tayyorgarligi, tadqiqot mavzuning xususiyati va boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. 
Kurs ishi mavzusini kelgusida chuqurroq, kengroq doirada o’rganib, uni bitiruv 
malakaviy ish sifatida davom ettirmoqchi bo’lgan talabalar tadqiqot ilmiy 
tuzilmasining barcha qismlarini jiddiy o’ylab ko’rishi zarur. 

Yüklə 260,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə