O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Arxivlarni komplektlash tushunchasi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
arxivshunoslik (1)

Arxivlarni komplektlash tushunchasi. 
Arxivlarni yangi hujjatlar bilan 
to’ldirish manbalari 
Муаммоли савол: Давлат архивларини 
комплектлашдан асосий мақсад нима? 


40 
Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirishning asosiy manbalari 
quyidagilardir: 
1.
Idoraviy arxivlar; 
2.
Shaxsiy arxivlar; 
3.
Kutubxonalar va muzeylarning qo’lyozmalar bo’limlari; 
4.
Xorijiy mamlakatlar arxivlari va chet el fuqarolarining shaxsiy arxivlari. 
Ko’rsatib o’tilgan manbalar ichida eng muhimi idoraviy arxivlardir. Chunki 
ulardan davlat arxivlariga hujjatlar muntazam ravishda kelib turadi. Qolgan 
manbalardan hujjatlar ahyon-ahyonda va uncha ko’p bo’lmagan miqdorda qabul 
qilinadi. Turli davrlarda O’zbekistondan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini 
qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 
Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib 
borish ishiga O’zR Vazirlar Mahakamasi 
qoshidagi Bosh arxiv Boshqarmasi rahbarlik 
qiladi. Bosh Arxiv Boshqarmasi (BAB) 
markaziy davlat arxivlarining yo’nalishlarini 
belgilab, ularning fondlarida qanday mazmundagi hujjatlar saqlashni aniqlab 
beradi. BAB markaziy va viloyat davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarning 
taqsimlanishini ta’minlaydi, ma’lum bir hujjatni bir arxivdan boshqasiga 
o’tkazilishiga ko’rsatma beradi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish viloyat 
hokimliklari arxiv bo’limlari faoliyatida ham muhim o’rin tutadi. 
Davlat arxivlarini muntazam ravishda yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish 
maqsadida arxiv muassasalari hujjatlari davlat arxivlarida doimiy tarzda saqlanishi 
zarur bo’lgan tashkilotlar va muassasalarning ro’yxatini tuzadilar. Bunday 
ro’yxatlar O’zR Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat va shahar hokimliklari bilan 
kelishilgan holda tuziladi. 
Arxiv bo’limlari arxivlarga hujjatlarni o’z vaqtida qabul qilinishini nazorat 
qilishlari kerak. Ular hujjatlar tarkibining to’liqligiga alohida e’tibor berishlari 
lozim. Bosh arxiv boshqarmasi va viloyat arxiv bo’limlari arxiv muassasalarining 
hujjatlarni fondlarga bo’lishlari va hisobini qanday yo’lga qo’yganliklarini nazorat 
qilishlari, yo’qolgan va nobud bo’lgan hujjatlar haqida ma’lumotga ega bo’lishlari 
va imkon qadar ularning o’rnini to’ldirishga harakat qilishlarilozim. Arxiv 
muassasalari mazkur arxiv sohasiga mos keladigan, lekin boshqa joylarda 
(masalan, kutubxona va muzeylarning qo’lyozmalar bo’limlarida) saqlanayotgan 
hujjatlar hisobini olib borishlari zarur. 
Arxiv muassasalari taniqli shaxslar va arboblarning shaxsiy arxivlarida 
saqlanayotgan va ilmiy ahamiyatga molik bo’lgan hujjatlarni ham aniqlashlari, 
ularni hisobga olishlari kerak. Arxiv xodimlari bunday hujjatlarni davlat 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə