O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/73
tarix21.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#106611
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
arxivshunoslik (1)

Arxivlarni yangi hujjatlar bilan 
to’ldirishni tashkil etish 
Муаммоли савол: Давлат архивларини янги 
ҳужжатлар билан тўлдирувчи қандай манбаларни 
биласиз? 


41 
arxivlariga topshirish zarurligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishlari lozim. 
Shaxsiy arxivlar hujjatlari qonunda belgilangan tartibda ikki tomonlama shartnoma 
asosida mulkchilik huquqi saqlangan holda davlat arxivlarida saqlanishi mumkin. 
Tayanch iboralar 
Arxivlarni komplektlash 
– arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish 
Arxivlarni yangi hujjatlar 
bilan to’ldirish
– davlat arxivlari fondlariga muntazam ravishda 
yangi hujjatlarni qabul qilish 
Arxivlarni to’ldirish 
manbalari
– davlar arxivlariga yangi hujjatlar yuboradigan 
idoraviy arxivlar, shaxsiy arxivlar, muzey va 
kutubxonalarning qo’lyozmalar fondlari 
Markaziy (respublika) 
ahamiyatiga molik 
fondlar
– markaziy davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari hujjatlari saqlanadigan arxiv fondlari 
Mahalliy ahamiyatga 
molik fondlar
– viloyat, shahar, tuman va qishloqlar miqyosida 
faoliyat olib borgan tashkilot va muassasalar 
hujjatlari saqlanadigan fondlar 
Arxiv hujjatlarini 
depozitar saqlash
– ularni hujjat egasi bilan arxiv, muzey, kutubxona 
o’rtasidagi 
kelishuv 
(shartnoma) 
bo’yicha 
belgilangan shartlar asosida mulkdorning arxiv 
hujjatlariga nisbatan mulk huquqini saqlab qolgan 
holda arxivda, muzeyda, kutubxonada saqlash. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
«Arxivlarni komplektlash» degan tushunchani izohlab bering. 
2.
Davlat va idoraviy arxivlar qanday yo’l bilan to’ldirib boriladi? 
3.
Qaysi arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi? 
4.
Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad nima? 
5.
DAF hujjatlari qanday yo’llar bilan markaziy va viloyat arxiv-lariga 
taqsimlanadi? 
6.
Qanday hujjatlar (fondlar) markaziy ahamiyatga, qaysilari esa mahalliy 
ahamiyatga molik hujjatlar hisoblanadi? 
7.
Davlat arxivlarini to’ldiruvchi asosiy manbalarni sanab o’ting. 
8.
Istiqlolchilik harakatining atoqli arboblaridan biri Shermuhammadbek xorijga 
o’zi bilan bir qancha hujjatlarni olib ketganligi ehtimoldan holi emas. Hozirgi 


42 
kunda bu hujjatlar uning xorijdagi farzandlari yoki boshqa qarindoshlarining 
shaxsiy arxivlarida saqlanishi mumkin. Tasavvur qiling, O’zbekiston hukumati 
Sizga bu hujjatlarni respublikaga qaytarish vazifasini topshirdi. Siz vazifani 
bajarish uchun nima qilasiz? 
9.
Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirish ishlariga qaysi mutasaddi 
tashkilotlar rahbarlik qiladi? 
10.
Fuqarolarning shaxsiy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar qanday tartibda 
davlat arxiviga olinishi mumkin? 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə