O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   167
 
 
2.Shaxsiing biron maqsadni ko„zlashi va dunyoqarashi. 
Shaxsning belgisi va o‗zini anglashining mazmuni – uning biron 
maqsadni ko‗zlashi, shunga intilishidan iborat. 
Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko‗zlaydi, shu 
maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron 
ob‘ektga ko‗z tikadi, unga intiladi, voqe‘likning real sohalari ana shunday 
ob‘ekt bo‗ladi, ammo xaqiqatda yo‗q bo‗lgan, xomxayoldan kelib chiqqan 
narsalar ham shunday ob‘ekt bo‗lmog‗i mumkin. 
Shaxs o‗z hayotida muayyan bir ideal uchun, kishi istikbolning o‗z 
umrida amalga oshirish lozim deb hisoblaydigan va amalga oshiradigan 
barkamol obrazi uchun intiladi va shuni o‗ziga oliy maqsad qilib oladi. Odam 
shu maqsadni deb yashaydi va hayotining ma‘nosi shunda deb biladi. 
Odamning intilishlari, hayot maqsadi muayyan va barqaror maqsad bo‗lishi 
uchun shu yuksak ideal ham xomxayol mahsuli bo‗lmasdan, balki haqiqatan 
ham hayotiy, barqaror va doimiy ideal bo‗lishi kerak. Yuksak ideal yoki oliy 


26
maqsad kishining dunyoqarashidan kelib chiqqandagina barqaror va ideal 
bo‗la oladi.
Dunyoqarashning bo‗lishi ham shaxsning muhim belgisidir.
Dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi 
qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistemasidir. Sinfiy jamiyatda 
yagona dunyoqarash yo‗q va bo‗lishi mumkin emas. Dunyoqarash tashqi 
olam va inson tafakkurining jarayonlari haqida muntazam qarashlar 
sistemasini beradi. Bu dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning 
ko‗p asrlik tajribasiga asoslanadi. 
Odamning ko‗zlagan maqsadi, hatti-harakati dunyoqarashga mos 
bo‗lib, shaxsning ehtiyojiga aylanganda bu dunyoqarash maslak bo‗lib 
qoladi. Ideallar (oliy maqsadlar) va dunyoqarashning mavjudligi ham 
odamning o‗z ongiga qo‗shiladi. Odam o‗z ideallarini anglab, o‗z 
dunyoqarashi va maslaklarini bilib olib, hayotda va jamiyatda tutgan o‗rnini 
aniqlaydi, nimani deb yashayotganligini va ishlayotganligini; o‗zini, o‗z 
faoliyatini qay yo‗ldan kamolga yetkaza borishi kerakligini, jamiyatda 
qanday kishi bo‗lib yetishuvi zarurligini aniqlab oladi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə