O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167
 
 
 
 
Odamning ehtiyojlari va mehnat. 
Shaxsning muhim belgisi faqat odamga xos mahsus ehtiyojlarning 
borligidir. 
Ehtiyojlar odamning kun ko‗rishi va yashashi uchun zarur narsalardir. 
Odam yashamok, kun kechirmok uchun o‗z ehtiyojlarini qondirish kerak. 
Ehtiyojlar hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug‗ma 
ehtiyojlar bo‗ladi,– ovqatlanish, saqlanish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, 
xolos. Odamda esa biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – 
bilish ehtiyojlari, ijtimoiy ehtiyojlar, ma‘naviy, estetik va boshqa shu kabi 
ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug‗ma ehtiyojlar emas – ular tarixan taraqqiy 
etgan. Ijtimoiy zot bo‗lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy 
taraqqiyot jarayonida sifat jihatdan o‗zgargan. 
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum formalarining taraqqiysiga 
qarab o‗zgaradi. Har bir ayrim odamning ehtiyojlari ijtimoiy muhit, tarbiya 
va tajribasiga qarab taraqqiy etadi. Ehtiyojni qondirish jarayoni hayotning 
muhim bir tomonini tashkil etadi.
Odam yuksak darajadagi ma‘naviy ehtiyojlari borligi bilangina emas
balki o‗zining ehtiyojlari (shu jumladan, biologik ehtiyojlarni ham) anglashi 
bilan ham hayvonlardan farq qiladi. Ehtiyojlar odamni g‗ayratga kirgizadi, 
uning faoliyatini hamma turlariga dalda beradi.
Yuqorida aytilganidek, hayvonlar o‗zining ehtiyojlarini tug‗ma 
instinktiv harakatlar yordami bilan va instinktlar asosida vujudga kelgan 
ko‗nikmalar yordami bilan qoniqtiradi. Odam shaxs bo‗lganidan o‗z 
ehtiyojlarini ongli, oqilona harakatlar yordami bilan qondiradi. Shu bilan 


27
birga, odam faqat insonga xos bo‗lgan madaniy ijtimoiy ehtiyojlarnigina 
emas, balki tabiiy, biologik ehtiyojlarini ham oqilona qondiradi.
Shu bilan birga, odamning harakati hayvonlar harakatidan tafovut qilib, 
ijodiy xarakterda bo‗ladi. Hayvonlar tevarak-atrofdagi muhitga faqat 
moslashadi, undan tayyorini oladi. Odam muhitga moslashish bilangina 
qolmaydi, balki shu muhitni 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə