O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


 Shaxsning ijtimoiyligi ongi va o„zini anglashi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167
2. Shaxsning ijtimoiyligi ongi va o„zini anglashi 
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi uning ijtimoiyligi, shu bilan 
birga psixik hayotning yuksak formasi bo‗lgan ongi va kishilarning o‗zaro 
so‗zlashib aloqa qilish vositasi bo‗lgan tilidir Inson hayotida o‗zaro 
munosabatlar muhimdir.
Shuningdek o‗zaro munosabatlaridan qat‘iy nazar, tug‗ilish paytidanoq 
unga shaxsning butun asosiy psixik mazmuni xosdir, go‗yo har bir odam 
o‗zining tayyor «meni» bilan, o‗zini anglashga tayyor bo‗lib tug‗ilgan deb 
da‘vo qiluvchi idealistik qarashlarga umuman qarshi qaratilgandir.


24
Cxema I 
Odam 
Jamiyatdan
tashqarida odam odam bo‗lolmaydi va kishilar o‗rtasidagi ijtimoiy aloqa 
ularning amaliy faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi 
munosabati bilan belgilanadi. 
Odam boshqa kishilarga munosabatda bo‗lish tufayligina ongliroq 
bo‗lib qoladi va uning psixik hayoti muayyan mazmunga ega bo‗ladi. Ana 
shu munosabatlar nechog‗li mazmundor va rang-barang bo‗lsa, odamning 
psixik hayoti ham shunchalik mazmundor va rang-barang bo‗ladi. 
Odam ongining yuksak belgisi - uning o‗zini anglashidir, odamning 
o‗zini anglashi ham shaxsning muhim belgisidir. 
Shaxsning o‗zini anglashi shundan iboratki, odam jamiyatda taraqqiy 
etar va ishlar ekan, tevarak-atrofdagi muhitda o‗zining individligini, 
sub‘ektligini ajratadi. Odam tevarak-atrofdagi olamni biluvchi va shu 
dunyoga ta‘sir etuvchi zot sifatida har bir odam sub‘ektdir, odamning idrok 
etadigan, tasavvur qiladigan, fikr yuritadigan, tilga oladigan va ta‘sir 
ko‗rsatadigan narsasi uning uchun ob‘ektdir. Odamning o‗zini anglashi 
sub‘ektiv ravishda o‗zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.
Tuman darajasi 
Мактаб даражаси 
Норасмий даража 
Шахс шаклланиши 
Индивидуал 
хусусиятлар 
Жамият 
институтлари 
Умумий таълим 
Ёш 
хусусиятлари
и 
Муомала 
доираси 
Шахс шаклланиши 
Макро
Мезо 
(минтақа)
Микро (оила, 
мактаб)
Субъектив (шахснинг 
туғма хусусиятлари)


25
Odam ijtimoiy zot bo‗lganligidan unga o‗zini anglash qobiliyati xosdir. 
Ammo odam jamiyatning bir a‘zosi va olamning bir qismidir, shu 
sababli odam tevarak-atrofidagi olamdan ajratsa ham, ayni vaqtda shu olam 
bilan bog‗langanligini anglaydi. Odam o‗z tevarak-atrofidagi olamdan o‗zini 
ajralgan holda o‗zini «men» deb anglay olmaydi, chunki odam ongining
o‗zini anglashining, «men»ining mazmuni o‗sha odam atrofidagi real-
voqe‘lik inkosidir. 
Shaxsning o‗zini anglashi shunda ifodalanadiki, odam tevarak-atrofdagi 
olamda o‗zini ajratish bilan bir vaqtda, o‗zining shu olamga uzviy ravishda 
bog‗langanligini anglaydi, o‗ziga, o‗z faoliyatiga va o‗z vazifalariga anglab-
bilib munosabatda bo‗ladi. 
Shaxsning o‗zini anglashi, «men» deb his qilishi hamisha muayyan 
mazmuni bilan yuzaga chiqadi. o‗zining borligini anglashi, odamning o‗zini 
kim deb bilishi – o‗quvchi, ishchi, o‗qituvchi, injener va shunga o‗xshash deb 
anglashi, o‗zining o‗tmishini va kelajagini anglashi, boshqa kishilar bilan 
o‗zaro munosabatini anglashi, o‗z huquq va burchlarini anglashi, o‗zining 
fazilat va kamchiliklarini va shunga o‗xshashlarni anglashi o‗zini anglashga 
kiradi. 
Shaxs o‗zini anglaganligidan o‗zini-o‗zi kuzata oladi va o‗zini-o‗zi 
bilib oladi, ko‗nglidan o‗tgan kechinmalarni tushuna oladi, o‗zining hatti-
harakatlariga o‗zi tanqidiy ko‗z bilan qaray oladi. 
Shaxsning o‗zini anglashi va o‗zini bilishi o‗z hulk atvorini boshqarish 
uchun zarur shartdir, o‗zini-o‗zi tarbiyalash uchun o‗z aqlini o‗zi o‗stirishi 
uchun zarur shartdir. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə