O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   167
rivojlanishdagi inqirozga binoan
(L.S.Vigotskiy); 
motivasion yondashish
(L.I.Bojovich);
faoliyatga ko‟ra munosabat
(D.B.Elkonin); 
shaxsning 
ijtimoiylashuv 
xususiyatiga 
e'tiboran
(A.V.Petrovskiy); 
shaxsning 
tutgan 
pozisiyasini 
hisobga 
olib
 
(D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari 
tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo‘lgan shaxsning 
rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda 
shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib xizmat 
qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 
Biz shaxs rivojlanishini o‘rganar ekanmiz, asosiy e‘tiborni shaxsga ta‘sir 
etuvchi omillar sifatida faqat - biologik va ijtimoiy ta‘sirlarga emas, 
shuningdek shaxsning hayoti davomida rivojlanish jarayoninini ta‘minlovchi 
omillar - o‘qish-o‘rganish, shaxs motivlari, emotsiyalari va shaxs sog‘lig‘iga 
ham qaratish lozim. Shaxsni o‗rganishga bag‘ishlangan bugungi tadqiqotlar 
asosiy e‘tiborni shaxsning biologik rivojlanishiga va shaxsning atrof-muhitga 
bo‘lgan munosabatiga qaratadi. Ular shuningdek shaxsga bo‘lgan madaniy 
ta‘sir shaxsning boshqalar tomonidan tan olinganlik hissi, shaxs egoizmining 
shakllanishiga bo‘lgan ta‘sirini o‘rganadi, ular Freydning asosiy kashfiyoti 
bo‘lgan ongsizlik muammosiga ham katta e‘tibor qaratadi.
Jumladan, Z.Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi fikrlari 
shaxs rivojlanishi borasida muhim ahamiyat kasb etganligi ta‘kidlashadi. 
Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi nazariyasining mohiyati 
quyidagicha: «Har birimiz ijtimoiy guruhlar a‘zosi ekanmiz anglaganimiz 
uchun o‘zimizning jinsiy va agressiv mayllarimizni nazoratda tutamiz, ularni 
ochiq oydin oshkora qilmaymiz. Lekin bazida ego nazoratimizning 
yo‘qolishiga sabab bo‘ladi va ana shunda ID va Super Ego orasida ziddiyat 
yuzaga keladi. Ego o‘zini himoya mexanizmlari bilan himoyalaydi. Quyida 7 
ta misol keltirilgan: 
1)
Repressiya (ongdan chiqarib tashlash) Freydning fikricha barcha 
himoya mexanizmlari asosida repressiya yotadi.
2)
Regressiya (sustlashish, zaiflashish) - masalan, o‘qish davomida 
uydan uzoqda bo‘lgan talabalar o‘zlarini noqulay his qilishadilar va o‗qishda 
sustkashlikka yo‗l qo‗yadilar. 
3)
Reaksion formatsiya – ego ongsizlikda qabul qilinmaydigan 
impulslarini uning teskarisiga o‘xshab yaratadi, bunda o‘zini munosabatini 
teskari tarzda ifodalaydi. Masalan, sevib qolgan qiz sevgi obektiga nisbatan 
sevmayman deb aytgani bilan aslida unga nisbatan qizda ―Men uni sevaman‖ 
degan munosabat shakllangan bo‘ladi. 


65
4)
Proeksiya (vaziyatga nisbatan hayolda tasavvur qilish) – shaxsni 
ta‘qib etuvchi tahlikali impulslarni boshqalarga ko‗chirish. Freydning 
fikricha o‘g‘ri hammani o‘g‘ri deb hisoblaydi. Bunda shaxs o‘z impulslarini 
boshqalarga ko‘chirib fikrlaydi. 
5)
Ratsionalizatsiya – bunda shaxs qilayotgan hatti-harakatlarini 
oqlash uchun ongli ravishda bahonalar to‗qiydi. Buning natijasida haqiqiy 
sabablarni bekitib, boshqa sabablar keltiradi. Masalan, imtixondan yiqilgan 
talaba «Men yaxshi o‘qigan edim, lekino‘qituvchi menga past baho qoydi», - 
deb o‗zini oqlaydi. 
6)
Boshqasiga almashtirish (o‗rnini to‗ldirish) – shaxsning o‗z
jinsiy yoki agressiv impulslarini unda impuls hosil qilgan ob‘ektga nisbatan 
ma‘qulroq bo‗lgan boshqa ob‘ektga ko‗chirish yoki qaratish. Masalan, 
boshlig‘idan jahli chiqqan er xotinidan alamini oladi. Yoki imtihondan o‗ta 
olmagan talaba o‗z alamini xonadoshi yoki guruhdoshiga sochishi mumkin. 
7)
Qarshilik ko‘rsatish – masalan, o‘layotgan bemor o‘z kasalligini 
rad etadi. Ichkilikka berilgan o‘g‘lining qilmishlarini ota-ona tan olmaydi. 
Taniqli psixolog olim Karl Yung Ollport nazariyalariga o‘xshab 
yagonalikka hos bo‘lgan mulohaza va savollarga javob bergan. Yung 
ishonadiki, har bir insonning alohida tushunadigan yoshlari, timsoli 
bo‘ladi
14
.
15
L.N.Tolstoy ro‗parasidagi odamga chuqur ma‘noga ega va ajoyib bir 
fikrni bayon qilgan edi: «... men sizni birinchi marta ko‘rib turibman, 
boshingiz, qo‘llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz 
bichimi ham shunaqa yohud o‘zgacha. Buni men ham ko‘rib turibman, 
hamma ham ko‘radi. Ammo, agar men ko‘nglingizga yo‘l topolsam, shu 
joyga qo‘l sola olsam (u bir qo‗lini ro‗parsidagi shaxsning yelkasiga, ikkinchi 
qo‘lini esa ko‘ksiga qoydi), agar o‘sha joyda bor bo‘lgan narsani oshkora qila 
olsam (tashqariga chiqara olsam) men kishini hayajonlantira olaman, ko‘ziga 
yosh oldira olaman, barcha hislarini qo‘zg‘atib yubora olaman, ko‘zga 
ko‘rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko‘rsata olaman va u holda 
men chinakam sa‘natkor bo‘laman‖, degan edi.
Rossiyalik psixofiziolog Ivan Pavlov shaxs xulq-atvorini tasvirlab 
berishda o‘z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko‘ra xulq-atvor 
shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta‘kidlagan. Bu holatda insonlar 
atrof-muhitga nima berayotganlarini osongina tushunib yetadi va javob 
beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to‘g‘risida savollarga 
javoblar berilgan.
16
 
14
David G.Myers – Psychology NY – 2010 Worth Publishers -572 бет (mazmunidan foydalanildi)
15
David Martin ―Human Behaviours‖ USA, 2010(mazmunidan foydalanildi)
16
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010/ 4-5 pajes (mazmunidan foydalanildi)


66

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə