O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   167
2.
 
Rus psixologiyasida shaxsning ta‟rifi 
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada 
psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta‘riflar berilgan va uning 
tuzilishini o‗ziga xos tarzda tasavvur qilishgan.
Shaxs muammosi rus psixologlari tomonidan juda keng va chuqur 
o‗rganilgan mavzlardan biri bo‗lib, quyida rus psixologlari tomonidan 
shaxsga berilgan ta‘riflarning tahlillarini keltirib o‗tamiz. 
A.G.Kovalyovning fikricha
shaxs
– bu ijtimoiy munosabatlarning 
ham ob‘ekti, ham sub‘ektidir.
A.N.Leont‘ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va shaxsga 
shunday ta‘rif beradi: 
shaxs
faoliyat sub‘ektidir.
K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o‗z rolini anglovchi, 
jamiyatning ishiga
 
layoqatli, yaroqli a‘zosi 
shaxs
deyiladi.
Bu muammoning mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan 
S.L.Rubinshteynning ta‘rifiga ko‗ra, 
shaxs
– bu tashqi ta‘sirlar yo‗nalishini 
o‗zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir
17

Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o‗zaro farqlanib turuvchi 
tushunchalar qo‗llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. 
Ularning mohiyatini oldingi mavzuda aniqlashtirib o‗tganimiz uchun, bu 
tushunchalarning rus psixologlari tomonidan keltirilgan talqiniga qisqacha 
ta‘rif berib o‗tish maqsadga muvofiq. 
1.
Odam sut emizuvchilar sinfiga daxldorligi, biologik jonzot ekanligi 
uning o‗ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‗llarning mehnat faoliyatiga 
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar 
tasnifiga kirishi uning o‗ziga xos tomonlarini biologik tomonlarini aks 
ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli 
borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‗z qiziqishlari va 
ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‗zgartirish imkoniga ham egadir. 
2.
Shaxs jamiyatda o‗z mehnati tufayli ma‘lum bir o‗rin egallagan, 
jamiyatdagi qonuniyatlar asosida rivojlanuvchi, til yordamida boshqalar bilan 
normal muloqot va munosabatga kirishuvchi odam shaxsdir. Shaxsning 
asosiy tavsifi uning ijtimoiy mohiyatida ifodalanadi. 
3.
Individuallik – har qanday insonning betakror, o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‗lishidir. Shaxsning o‗ziga xos qirralarining mujassam-
lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, 
emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo‗ladi. 
17
А.Г.Маклаков Общая психология Спб- 2001- 431 бет (mazmunidan foydalanildi) 


67
Rus psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir ham bir qancha izlanishlar 
olib borilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‗yicha shaxs tuzilishi quyidagi 
ko‗rinishga ega: 
1.
Yo‗nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‘tiqodlar faoliyat va 
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 
2.
Bilimlar, ko‗nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida 
egallanadi. 
3.
Individual tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyat-
larda aks etadi. 
K.K.Platonov ta‘limotiga ko‗ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga 
ega: 
1. Yo‗nalganlik osttuzilishi – shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabat-
larini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko‗lami (hajmi) 
darajalarini farqlash lozim. 
2. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi – ta‘lim natijasida shaxsiy tajribada 
egallangan bilimlar, ko‗nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi. 
3. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush 
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
4. Biologik shartlanganlik osttuzilishi – miya morfologik va fiziologik 
xususiyatlariga muayyan darajada bog‗liq bo‗lgan patologik o‗zgarishlarni, 
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini 
birlashtiradi. 
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega: 
1. Yo‗nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga 
o‗zaro ta‘sir etuvchi har xil xususiyatli g‗oyaviy va amaliy ustanovkalar

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə