O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   167
Yunalganlik
Yunalganlik
Bilim, ko‗nikma, 
malaka 
Individual psixo-
logik xususiyatlar 
Ehtiyoj, qiziqish, ideal faoliyatdagi yetakchi 
motiv, xulq-atvor va dunyoqarash ishonchni 
yuzaga kelishi
Bilish faoliyati va hayot jarayonida egallanadi
Qobiliyat, xarakter, 
temperament


68
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‗nalganlik shaxsning barcha psixik 
faoliyatini belgilaydi. 
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta‘min-
lovchi tizim, o‗zaro ta‘sir etuvchi va o‗zaro bog‗liq bo‗lgan turlicha 
qobiliyatlar. 
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‗ladi. Xarakter 
tizimi irodaviy va ma‘naviy sharoitlarga ajraladi. 
4. Mashqlar to‗plami – hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni 
tuzatish (korreksiyalash), o‗zini-o‗zi nazorat qilish, o‗zini-o‗zi boshqarishni 
ta‘min-laydi. 
3. Shaxsni ekperimental o„rganish usullari 
Yuqorida psixologiyada shaxsni nazariy jihatdan o‗rganish bilan bog‗liq 
bir qancha fikrlarni yuqorida ko‗rib chiqdik. Zamonaviy psixologiyada 
shaxsni ekperimental o‗rganish dolzarb bo‗lib qolganligi uchun bu borada 
olib borilayotgan ishlar tahlilini keltirib o‗tamiz.
Tadqiqotchi shaxsni o‗rganar ekan ikki narsani aniq bilishi kerak: 
birinchisi, qanday usulda o‗rganish va ikkinchisi, shaxsning qaysi 
xususiyatini o‗rganish.
Hozirda shaxsni o‗rganishda ma‘lumot to‗plashning uchta asosiy usuli 
mavjd bo‗lib, shaxs haqida ma‘lumot to‗plashning bu usllari odatda L, Q va 
T - ma‘lumotlar deb nomlanadi. 
Shaxsning kundalik hayotidagi real xulq-atvori haqida olingan 
ma‘lumotlar L-ma‘lumotlar
(life record data) 
deb nomlanadi

Agar 
ma‘lumot to‗plashning bu usulini qisqacha ta‘riflaydigan bo‗lsak, shuni 
alohida qayd etish lozimki, bu usul tashqi kuzatishlarga va shaxsning ma‘lum 
bir xatti-harakati yoki muvoffaqiyatini qayd etishga tayanadi. L- 
ma‘lumotlar ko‗pincha boshqa usul orqali olingan natijalarning validligini 
aniqlashda yordam berish uchun qo‗llaniladi. Qayd etish lozim, ushbu usul 
bir qancha kamchiliklarga ega. Birinchi navbatda, haddan tashqari 
sub‘ektivlilikka asoslanishini – uning kamchiligi sifatida qayd etish mumkin.
Shu o‗rinda Gordon Olportning Z.Freyd bilan uchrashuvidan olingan bir 
misolni keltirish o‗rinlidir. G.Olport talabalik davrida Z.Freydning oldiga 
o‗zini qiziqtirgan savol bilan boradi. Bu haqda G.Olport shunday hikoya 
qiladi: «Freyd meni o‗z xonasiga taklif qildi va menga o‗z fikrlarimni to‗plab 
olish uchun imkon bergan misol jim qarab turdi. Men noqulaylik sezib to‗g‗ri 
kelgan mavzudan gap ochishga urundim va hozirgina yo‗lda kelayotib 
kuzatganim 4 yoshli bolaning xulqidagi fobiyaga tegishli misjlni aytib 
berdim. Bola oyisiga «Men bu yerda o‗tirmayman, chunki juda kir ekan», 
«Mana bu irkit amaki mening yonimda o‗tirmasin» deb qayta-qayta 
takrorlardi. Men angladimki, uning nazarida hamma narsa kir bosgandek 


69
ko‗rinardi, uning onasi uy bekasi ekanligi toza va saranjom kiyinganligidan 
ma‘lum edi. Undagi notozalikdan qo‗rquv onasining ta‘siri bo‗lsa kerak deb 
o‗yladim va bu haqda Freydga aytdim. 
Shunda u menga «Bu bolakay siz emasdingizmi?» deb savol berdi. Men 
uyalib gapni boshqa mavzuga burdim. Uning motivatsiyani tushunmaganligi 
meni hayron qoldirgan edi»
18
.
Ushbu misolda G.Olportning motivatsiyasini oddiy kuzatish yoki hatto 
uning gaplarini tinglab ham anglay olmagan byuk psixologni tanqid qilish 
uchun emas, balki yuqoridagi usl orqali ma‘lumot to‗plashda 
sub‘ektivlilikning ta‘sirini tushuntirish uchun keltirdik.
Shaxs haqida ma‘lumot to‗plashning ikkinchi usuli turli xil savolnoma 
va metodikalarga javob berishdan foydalanish orqali ma‘lumot to‗plash usuli 
bo‗lib, bu usul ayni kunda juda keng tarqalgan. Ushbu usul orqali to‗plangan 
ma‘lumotlar shaxs ekperimental psixologiyasida Q- ma‘lumotlar 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə