O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   167
-
 
regressiya – ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo‗lib o‗tgan qaysidir 
voqelarga qaytish, ularning yaxshi va ma‘qullarini yana xotirada tiklash va 
xulqda qaytarish orqali o‗zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish;
-
 
yolg‗izlanish-jamiyatdan o‗zini olib qochish, o‗zidagi o‗zgarishlarni 
boshqalarga bildirmaslikka intilish, bunda shaxsning faoliyati passiv tus 
oladi;
-
 
ratsionalizatsiya – mulohaza va fikr yuritish orqali o‗zida himoya 
instinktlarini paydo etish;
-
 
Sublimatsiya : o‗zgartirish yoki tabiatan energiya qiziq tomonidan id 
impulslarini joy o‗z ichiga oladi va uni ijtimoiy maqbul xulqda ifodalashga 
yo‗naltiriladi.
Z.Freydning izlanishlari undan keyinchalik bir qator yangi yo‗nalishlarni 
vujudga kelishiga sabab bo‗ldi.
2 . Z.Freydning izdoshlari 
2.1.
K.Yung va uning Analitik psixologiyasi
Freydning izdoshlari sifatida faoliyat olib borgan olimlardan biri 
K.Yung. Yungning shaxs muammosiga doir yondashuvi Analitik psixologiya 
deb nomlanib, u o‗ziga xos yondashuvni ifoda etadi.
Shaxs tipologiyasiga doir yondashuvi:
Ekstraversiya – «ichkaridan tashqariga yo‗naltirilgan» degan ma‘noni 
anglatib, bu tipga moyil shaxslar ko‗proq odamlar ichida bo‗lishni 
yoqtirishadi,o‗z kechinmalarini ko‗proq atrofdagilar bilan baham ko‗radi. 
Muloqotga kirishuvchan, tanishlari doirasi keng. Ba‘zi hollarda jiddiylik 
yetishmaydi. Odamlarni tez ishonchini qozona oladi va shuningdek, tez xafa 
qilishga ham moyil.


79
Introversiya-«tashqaridan ichkariga yo‗naltirilgan» degan ma‘noni 
anglatib, bu tipga xos shaxslar og‗ir, vazmin, ko‗ngli nozik, beparvo, do‗stlik 
qoidalari qat‘iy amal qiladigan. Muloqot doiralar cheklangan, tortinchoq, 
ko‗proq o‗zlarining ichki dunyolari bilan band va yolg‗izlikni yoqtiradigan.
Psixik funksiyalar
To‗rta asosiy psixik funksiyaga e‘tibor qaratdi:
Tafakkur-ratsional.
Hissiyot-ratsional.
Sezgi –irratsional.
Intuitsiya-irratsional.
Fikrlovchi tip-biror narsaning qadr-qimmatini aniq faktlar va 
mantiqiy mulohazaga tayanib baholaydi.
Hissiyotli tip-yaxshi-yomon, go‗zal-xunuk tamoyiliga asoslanib 
emotsional baholaydi.
Intuitiv tip-hayotiy voqealarning mazmunini ongsizlikda, tuyg‗usi 
va taxminlariga ko‗ra baholaydi.
Sezgiga asoslanuvchi tip-sezgi a‘zolariga tushuvchi, tashqi olam 
haqidagi axborotlarga tayanadi
Psixikaning tuzilishi.
• 
Ong.
• 
Shaxsiy 
ongsizlik-o‗zida 
qachonlardir 
anglangan, hozir 
siqib 
chiqarilgan va unutilgan nizo va taassurotlar, yetarlicha ifodalanmagan 
hissiy taassurotlarni qamrab oladi. ShO- o‗zida emotsional zaryadlangan, bir 
fikr, tuyg‗u va taassurotlarning ustuvor bo‗lib qolishidan iborat 
komplekslarni tashkil etadi.
• 
Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin 
saqlanishi . Unda bizning o‗tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar 
va tuyg‗ular aks etgan.
 Arxetiplar
• 
Arxetiplar — birlamchi model yoki kollektiv ongsizlikning tarkibiy 
elementi hisoblanadi. Ular o‗zida insonlar idrok etganlarini, kechinmlari va 
voqealar ta‘siriga javob berishini ma‘lum obrazlarda ilgari surishlari 
tug‗malik shaklini namoyon etadi.
• 
Eng asosiy arziteplardan biri Men arxetipi, ota, ona, Xudo, donishmand 
va boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‗zida simvollar ko‗rinishida namoyon 
bo‗ladi. Masalan, Mariya , Mona Liza va boshqalar.
Hoch, oltitomonli yulduz, budda g‗ildiragi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə