O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   167
3. Psixoanalitik terapiya 
Psixotahlil ta'limoti ongdan siqib chiqarilgan istak-mayllar yana ong 
sohasiga o`tkazilib, katarsis yo`li bilan ruhiy jarohat yetkazuvchi 
kechinmalarni anglatish orqali yordam berishga asoslanadi. Bunda erkin 
assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qarshiliklar, transferlar, yanglish harakatlar 
tahlili usullaridan foydalaniladi. Quyida ushbu usullarga qisqacha izoh berib 
o`tamiz:
1. Erkin assotsiatsiyalar metodi. Psixolog mijozga o`z kechinmalari bilan 
bog`liq xohlagan assotsiativ fikrlarini aytishni taklif etadi. O`zi esa faqatgina 
aytilayotgan fikrlar mazmuniga emas, balki voqealar ketma-ketligi hamda 
mijoz tahlil qilishdan qochayotgan jihatlarga e'tiborini qaratadi. 
2. Tushlar talqini. Z.Freydning fikricha, tush ongsizlik sohasiga boruvchi 
eng qisqa yo`ldir. Aynan tush vaqtida ―Men‖ning himoya mexanizmlari 
susayib, ongdagi yashirin xohish va kechinmalar namoyon bo`ladi. Amaliy 
psixologning vazifasi – tushning mazmunini ochish va mijozga aynan shu 
tush vujudga kelishiga sabab bo`lgan holatni o`rganishga yordam berishdan 
iborat; 
3. Qarshiliklar tahlili. Bu usulni qo`llashdan maqsad – muammoni real 
idrok etish uchun aynan qanday psixologik himoya mexanizmi to`sqinlik 
qilayotganini va qanday vaziyatda himoya funksiyasiga ehtiyoj sezilmasa-da, 
ushbu mexanizmning ishtirok etayotganini aniqlashdan iborat; 
4. Ko`chirish tahlili. Klassik psixotahlilda mijozning avval boshdan 
kechirgan psixologik jarohatlari bilan bog`liq emotsiyalarini psixologga 


103
ko`chirishining tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu psixologga 
mijozning psixologik muammolari sababini kuzatish va tahlil qilish hamda 
mijoz xulqining aynan bu shakli vujudga kelishini yuzaga keltirgan omillarni 
aniqlashga yordam beradi. 
5. InterpretatsiY. Maslahat jarayonida interpretatsiyaning o`rnini 
baholash qiyin. Bu metod mijozga o`z kechinma va xulq-atvorining yashirin 
hamda noaniq sabablarini aniqlashga yordam beradi. Ammo bu jarayonni 
amalga oshirish psixologdan ehtiyotkorlikni talab etadi. Interpretatsiya 
jarayonida psixolog mijoz qabul qilishi mumkin bo`lgan jihatlarnigina 
tushuntirishi, unga tushunarli bo`lgan tilda suhbatlashishi lozim. 
Yuqorida keltirib o`tilgan tavsif klassik psixotahlilga xos, ammo 
psixoanalitik terapiyaning boshqa shakllari ham mavjuddir. Psixoanalitik 
terapiyaning haqiqiy psixotahlilga aloqasi doirasida ikkita nuqtai nazar 
mavjud: 
a) psixoanalitik psixoterapiya psixotahlildan sifat mazmuniga ko`ra farq 
qiladi; 
b) psixoanalitik psixoterapiya psixotahlildan miqdor mazmuniga ko`ra 
farq qiladi. 
Birinchi fikrga muvofiq, analitik bilan mijozning faol ishtiroki ko`zda 
tutiladigan psixotahlildan farqli o`laroq psixoanalitik psixoterapiyada mijoz 
uchun davolanishga muhtoj bemor roli ajratiladi. 
Ikkinchi nuqtai nazarga ko`ra, psixoanalitik psixoterapiya ruhiy 
kasalliklarni 
davolash 
metodi 
sifatida 
psixotahlildan 
seanslarning 
davomiyligi va soni bilan farq qiladi. Terapevtik seanslar psixoanalitik 
seanslarga nisbatan soni va kam davom etish jihati bilan farqlanadi. 
Har ikkala fikrni solishtirib shunday xulosaga kelish mumkin: 
birinchidan, analitik psixoterapiya mijozda namoyon bo`ladigan u yoki bu 
belgilarning ongsizlik mazmunini ochishga ko`proq e'tibor berib, klassik 
psixotahlilga o`xshab ketadi; ikkinchidan, terapiyaning ushbu turi 
psixoanalitik usullar yordamida shaxsni yoppasiga taftish qilmasligi bilan 
psixotahlildan farqlanadi. Terapevt ruhiy buzilishning paydo bo`lishi va 
surunkali kechishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan mijoz psixikasining 
qirralarinigina tekshiradi. 
Qisqa psixoanalitik terapiyada esa terapevtik faollik darajasi oddiy 
psixoanalitik terapiyadan, xatto, psixotahlilning o`zidan ham yuqoridir. Qisqa 
psixoanalitik terapiya diqqatni mijozining qator ziddiyatlariga emas, balki 
markaziy ziddiyatlarga jamlaydi, fokuslashtiradi. Shuning uchun bu 
terapiyani ko`p hollarda fokusli (yoki konsentratsiyalashgan) terapiya (Fokal 
Therapie) deb atashadi. Qisqa terapiya seanslari 10 tadan 30 tagacha bo`lishi 
mumkin. Ko`rib chiqilayotgan kasallik genezisida hal qiluvchi ahamiyatga 


104
ega bo`lmagan va tahlil jarayonida aniqlanmagan zararli ziddiyatlar hisobga 
olinmaydi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə