O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   167
Ijtimoiy qiziqish.
Adlerning fikricha, insonning barcha xulq-atvori 
ijtimoiy xarakterga ega, chunki, u ijtimoiy muhitda rivojlanadi va 
funksiyalanadi. Adlerning fikricha, ijtimoiylik xissi deganda individum va 
ijtimoiy muhit orasidagi o‗zaro munosabatni keng ma‘noda tushuniladi
buning ma‘nosi ―butun insoniyatning ideal jamiyatiga evolyusiya 
maqsadining yakuni sifatida qiziqish‖dir. 
Hamkorlik 
– ijtimoiy qiziqishning muhim jihati hisoblanib, shaxsning 
jamiyatga tegishlilik xissini anglatadi. Evolyusiya nuqtai nazaridan insonning 
yashashi uchun kurashi ozuqa topishga intilish, o‗z hayotini yovvoyi 
mavjudotlardan asrashga intilish, tabiatni salbiy ta‘sirlaridan qochishga 
intilishda namoyon bo‗lib, atrof-muhitga moslashishning muhim omili 
hisoblangan. Adlerning fikricha, insonning bir-biriga o‗zaro ta‘siri va o‗zaro 
yordami orqali shaxs kemtiklik xissidan ozod bo‗ladi. Boshqa tomondan
o‗zaro hamkorlikni yetishmasligi kemtiklik xissini ortishiga va hayot 
uslubining noadaptiv bo‗lishi yoki nevrotik omillarni roli ortishiga xizmat 
qiladi. 
Adler terapiyasi uch fazadan iborat: 

Shaxs hayot uslubini tadqiq qilish 

―Insayt‖ holatini yaratish 

Hayotni qayta qurish uchun reorentasiya 


107
Adler terapiyasining maqsadi – shaxsga kemtiklik xissidan va o‗zini 
keraksizdek xis etishdan qutilishga yordam berish hamda o‗zini odamlar 
dunyosiga kerakdek xis etishga o‗rgatishdan iborat. Terapiya jarayonida 
shaxs terapevt yordamit bilan o‗zining hayot tarzidagi ―xatolarni‖ qidirib 
topadi va hayotini yo‗lga qo‗yish uchun alternativ maqsadlarni rivojlantiradi. 
Shunga bog‗liq ravishda reorentasiya o‗zgarishlar mashqi emas, balki hayotni 
yaxshilash uchun imkoniyatlar to‗plamini taqdim etadigan jarayondir 
(Sidorenko, 2000). Reorentasiya –bu xatolarni to‗g‗rilash emas, balki yangi 
yo‗nalishlarni izlashdir. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə