69
YI.Bob. Inflyatsiya va uning turlari.Pulning barqarorligini
ta’minlash yo‘llari
YI.1. Inflyasiya va uning kelib chiqish sabablari
Inflyatsiya - lotincha ―inflatio‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ―shishish‖,
―bo‗rtish‖, ―ko‗tarilish‖ degan ma'nolarni
anglatib, mamlakatdagi
tovar va
xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o‗sishi) tushuniladi.
Narxlarning
umumiy darajasi ko‗tarilishi natijasida pul birligi (milliy valyuta) xarid
qobiliyatining pasayishi ro‗y beradi. Bu esa o‗z
navbatida, davlat pul birligining
qadrsizlanishiga olib keladi.
Pulning
qadrsizlanishi deganda,
bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib
kamroq
bo‗lgan
tovar
va
xizmatlarni
sotib olish, ya'ni sotib
olinishi mumkin bo‗lgan tovar va
xizmatlar miqdorining vaqti kelib
kamayishi tushuniladi.
Misol uchun,
yilning boshida
100 ming so‗mga sotib olish
mumkin
bo‗lgan
kundalik
iste'moldagi
tovar va xizmatlarning
miqdori
yilning
oxiriga
kelib
kamayadi. Bu esa 100 ming so‗mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan
xuddi o‗sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish demakdir.
Inflyatsiyaning asosiy ko‗rsatkichi bo‗lib iste'mol
narxlari indeksining
ma'lum bir davrdagi o‗zgarishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: