68
qator mamlakatlarda qonun yo‗li bilan pul massasi
aniq belgilanadi yoki yuqori,
quyi chegarasi ko‗rsatiladi. Monetarizm uchun bosh masala antiinflyatsion
siyosatni asoslashdir. Monetarizm tavsiyasiga asoslangan ba`zi mamlakatlarda pul
miqdori ustidan qattiq nazorat o‗rnatish, inflyatsiyaning
oldini olish iqtisodiy
o‗sishga ijobiy ta`sir ko‗rsatmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko‗rib o‗tilgan
barcha nazariy oqimlar
iqtisodiyotni tartiblash zaruratidan kelib chiqadi. Faqat Keynschilar asosiy
e‘tiborni davlatning iqtisodiyotni tartiblash kuchiga qaratgan bo‗lsalar,
monetaristlar esa iqtisodiyotning o‗z-o‗zini tartiblovchi kuchi bo‗lmish
bozor
vositalari bor, davlat esa ularga yo‗l berib, iqtisodiyotga g‘oyat kam aralashishi
ma‘qul deydi.
Dostları ilə paylaş: