63
Y.Bob.Pul nazariyalari
Y.1. Pul nazariyasi va uning asosiy yo‘nalishlari
Pulning nazariyasi
– pul tabiati va
pulning ishlab chiqarishni
shakllantirishga ta‘siri haqidagi nazariyalardir.Iqtisodchilarning pulning mohiyati,
uning funktsiyalari va pul muomilasiga bo‗lgan qarashlari pul nazariyalarini
keltirib chiqardi.
Metallik, nominallik, va miqdoriylik pul nazariyalari ilk tarixiy
pul nazariyalari sifatida e‘tirof etiladi. Xozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-
kredit munosabatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari mavjud.
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII –
asrning
boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu
nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o‗z qarashlarini
1581 yilda Londonda chop etilgan ―Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy
arizalarining qisqartmasi‖ nomli pulning metallik nazariyasiga
oid asarida bayon
etdi. Uning davomchilari bo‗lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-
1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-
1787 y.) va boshqalar hisoblanadi.
Ushbu nazariya namoyondalari:
-
Qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o‗tayoladi.
-
Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan
o‗lchanadi.
-
Bu boylikningg manbai savdodadir deydilar.
Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo‗lgan yerlarni
bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo‗lgan.
Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar o‗rnini qog‘oz
pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar.
Ular
savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilgan.
Nominallik nazariyasi XVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo‗lgan. Bu
nazariyaning namoyondalari bo‗lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va
iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi.
Keyinchalik bu nazariyani
Germaniyalik G.Knapi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va
N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar: Pulni davlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat
tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi ham deb yuritiladi
– G.Knapi). Pulni qiymati unda ko‗rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to‗la
vaznga ega bo‗lgan muomiladagi metal pullar borgan sari ma‘lum
qismi eskirib
yo‗qolib borishini unutadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o‗zida aks
ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi
undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o‗ziga xos
qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita
boshqarilmasligini anglab yetmadilar.
Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo‗lib fransuz J.Boden (1530-
1596 y.) hisoblanadi va u XVI-XVIII –asrlarni o‗z ichiga oladi. XVIII – asrga
64
kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836)
hamda
fransuz Sharl Monaskyo (1689-1755 y.) rivojlantiradi.
10
Bu nazariyaning asosini yangi qit‘alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga
qimmatli metallarni oqib kelishi va shu bilan bog‘liq ravishda narx-navoning
keskin oshib ketishi tashkil etadi.
Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha:
- Pulning xarid qobiliyati bozorda o‗rnatiladi.
- Muomilada emissiya qilingan barcha pullar yuradi.
- Pulning xarid quvvati muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.
- Baholar darajasi pul miqdoriga to‗g‘ri proporsionaldir.
Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni
o‗zgarishi muomiladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi.
Bu
nazariya pulni faqat muomila vositasi ekanligini ko‗ra oladi.
Ularning
ta‘kidlashicha pul va tovar massalarining to‗qnashishi natijasida baholar
belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. Ularni yana bir xatosi shundaki, ular
hamma pul massasi faqat muomilada bo‗ladi deb qarashgan.
Aslida muomilaga
zarur bo‗lgan pul miqdori pul muomilasi qonuniga binoan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: