151
4. Aziya Alyans bank
5. Ipotekabank
6.
Xalq banki
7. Turonbank
8. Uzagroeksportbank
9.O‗z.sanoatqurilishbank
10.O‗R TIA Milliybanki
11. Qishloqqurilishbank
12.
Poytaxt bank
13. Mikrokreditbank
4. Ravnaqbank
5. TBCbank
6.
Anorbank
7.Universalbank
4.He Tech bank
5.Oriyent
finansbank
4.Savdogarbank
5.Hamkorbank
6.KDB bank
7.Tengebank
Tijorat banklari hozirgi paytda korxonalar va aholi o‗rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarni amalga oshirishda muhim vositachi bo‗lib hisoblanadi.
XIII.2. Tijorat banklar faoliyatining asosiy tamoyil va funktsiyalari
Tijorat banklarining faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Kredit resurslarini tashkil etishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanishi.
2. Mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‗rsatish. Bu bankning nafaqat o‗z
resurs va kredit quyilmalarining mutonosibligi, balki
bankning aktivlari bilan
uning jalb qilingan mablag‘lari o‗rtasidagi mutonosibligini ta‘minlashini bildiradi.
3. Bank faoliyatining to‗la iqtisodiy mustaqilligi. Bunda bank o‗z va jalb
etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatlarni o‗zi mustaqil
ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz
stavkalarini mustaqil o‗rnatishi va o‗zgartirishi, daromadlarni
mustaqil ravishda
taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini bajarishi mumkinligi ko‗zda tutiladi.
4. Banklar faoliyatini tijoratlashuvi. Bu tamoyil banklarni kamroq xarajat qilib
ko‗proq foyda bilan faoliyat ko‗rsatishga asoslanadi. Bank faoliyatining xavfsizligi
(kam xatarliligi) ham bank tijoratining asoslaridan biri hisoblanadi.
5. Mijozlar manfaatini himoyalash. Bank o‗zining kapitali, daromadi bilan risk
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin
emas. Bu tamoyil «hamma narsa mijoz uchun» ma‘nosini anglatib u bank mijoz
uchun to‗laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uni daromadini ta‘minlaydi.
6. Banklar faoliyatining universallashuvi va diversifikasiyasi (lotincha
deilersiteatro - o‗zgarish, xilma – xillik) banklar faoliyatini turli tarmoq va
sohalarni qamrab olishini bildiradi.
7. O‗zaro manfaatdorlik. Bankning va mijozning bir – biriga bo‗lgan ishonchi
o‗zaro hamkorlikni mustaxkamlaydi. Mijoz bankga nafaqat pul yoki kredit uchun
emas, balki moliyaviy malakaviy yordam,
malakali xizmat, maslahat olish uchun
boradi. Mijoz bankdan o‗z mablag‘ini nimaga va qanday sarflash, o‗z foydasini
qanday oshirish yoki yo‗qotishlarga qanday barham berishlikni o‗rganadi.
Tijorat
banklari faoliyati quyidagi funktsiyalarga asoslanadi:
1. Huquqiy va jismoniy shaxslarning bo‗sh pul mablag‘larini yig‘ish.
2. Xalk xo‗jaligida hisob – kitoblar va to‗lovlarni amalga oshirish
152
3. Xo‗jalik subyektlarini kreditlash, ichki va tashqi xo‗jalik oborotiga kredit –
moliya xizmati ko‗rsatish
4. Moliyaviy va moddiy qiymatlar saqlanishini ta‘minlash
5. Mijozlar mulkini ishonchli boshqarish (faktoring, trast va boshqa
operasiyalar)
6. Moliya – valyuta bozorida faoliyat ko‗rsatish, ya‘ni qimmatli qog‘ozlar
chiqarish, ularni joylashtirish, sotib olish va boshqalar
7. Iqtisodiy moliyaviy aborotlar berish, maslaxat xizmatlarini ko‗rsatish va
boshqalar
Dostları ilə paylaş: