O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165
pul va banklar

 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1.
Bank likvidliligi nima? 
2.
Tijorat banklari faoliyatida qo‗llaniladigan iqtisodiy me‘yorlar? 
3.
Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko‗rsatayotgan banklarning eng 
kam ustav fondi miqdori qanday o‗rnatiladi? 
4.
Kapitalning yetarlilik koeffisiyenti qanday aniqlanadi? 
5.
Bank kapitali bilan uning majburiyatlari o‗rtasidagi nisbat ko‗rsatkichlari 
qanday mazmunni bildiradi? 
6.
Bank balansi likvidligi ko‗rsatkichi nimani bildiradi? 
7.
Barcha katta kreditlarga to‗g‘ri keladigan xatarning eng yuqori hajmi qanday 
aniqlanadi? 
8.
Bir omonatchiga to‗g‘ri keladigan xatarning eng katta miqdori ko‗rsatkichi 
nimani bildiradi? 
9.
Qimmatli qog‘ozlar bo‗yicha operasiyalarda o‗z mablag‘laridan foydalanish 
ko‗rsatkichi nima uchun joriy etilgan? 
10.
Bank likvidligi qanday omillar orqali ta‘minlanadi?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


184 
XYII. bob. Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari 
 
XYII.1. Xalqaro moliya institutlari haqida tushuncha 
 
Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika. Xalqaro moliya 
institutlari nafaqat jahon iqtisodiyoti balki milliy iqtisodiyotni rivojiga, jahon 
iqtisodiyotini iqtisodiy integraciyalashuv jarayonlarini oshirishga, hududlarni 
ijtimoiy –iqtisodiy muammolarini barataraf etishda muhim rol o‗ynaydi. Chunki 
xalqaro moliya institutlari o‗z faoliyati ko‗lamini milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, 
xususan iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlarini modyernizaciyalash, tehnik qayta 
qurollantirishda tez sur'atlarda rivojlanishida moliyaviy mablag'lar bilan doimiy 
ta'minlab borishda hal qiluvchi rol o‗ynaydi, shuningdek, ular chet el kapitali 
harakatini qayta taqsimlash orqali o‗zini faoliyat ko‗lamini oshirib bormoqda. Bu 
shu hududni iqtisodiy ishlab chiqarish korxonalarini rivojiga ijobiy ta'sir etsa, 
ikkinchidan aholini ish bilan bandlik darajasini, turmush darajasini oshirishga 
xizmat qilmoqda. 
Xalqaro valyuta – kredit va moliya munosabatlarining institucional tuzilishi o‗z 
ichiga ko‗plab xalqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik 
moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo‗lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya – 
kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo 
moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya – kredit siyosati bo‗yicha 
tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko‗rsatish bilan 
shug'ullanadi. Yana boshqalari ahborot yig'ish, muhim valyuta – kredit va moliya 
muammolari va umuman,iqtisodiyotda statistik va ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga 
oshiradi. 
Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy institutlari 
deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy 
sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib borayotganligidir 
(quyidagi rasmga qarang). 
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy –iqtisodiy 
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama –qarshiliklarni bartaraf etish, 
yumshatish hamda ularning o‗zaro hamkorligini ta'minlashga qaratilgandir. 
Dunyoda global ahamiyatga ega bo‗lgan xalqaro moliyaviy institutlar 
tarkibiga, BMTning hayrhohligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro 
valyuta jamg'armasi (HVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti 
kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar 
tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog'liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy 
masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi. 
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – iqtisodiy kengash –Yevropa, Afrika, 
Osiyo va Lotin Amyerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin 
Amyerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amyerikalararo 
taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Mahsus 
jamg'armalar bu tashkilotlarni to‗ldirib turadi. 


185 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə