184
XYII. bob. Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari
XYII.1. Xalqaro moliya institutlari haqida tushuncha
Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika. Xalqaro moliya
institutlari nafaqat jahon iqtisodiyoti balki milliy iqtisodiyotni rivojiga, jahon
iqtisodiyotini iqtisodiy integraciyalashuv
jarayonlarini oshirishga, hududlarni
ijtimoiy –iqtisodiy muammolarini barataraf etishda muhim rol o‗ynaydi. Chunki
xalqaro moliya institutlari o‗z faoliyati ko‗lamini milliy iqtisodiyot tarmoqlarini,
xususan iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlarini modyernizaciyalash,
tehnik qayta
qurollantirishda tez sur'atlarda rivojlanishida moliyaviy mablag'lar bilan doimiy
ta'minlab borishda hal qiluvchi rol o‗ynaydi, shuningdek, ular chet el kapitali
harakatini qayta taqsimlash orqali o‗zini faoliyat ko‗lamini oshirib bormoqda. Bu
shu hududni iqtisodiy ishlab chiqarish korxonalarini rivojiga ijobiy ta'sir etsa,
ikkinchidan aholini
ish bilan bandlik darajasini, turmush darajasini oshirishga
xizmat qilmoqda.
Xalqaro valyuta – kredit va moliya munosabatlarining institucional tuzilishi o‗z
ichiga ko‗plab xalqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik
moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo‗lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya –
kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo
moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya – kredit siyosati bo‗yicha
tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko‗rsatish
bilan
shug'ullanadi. Yana boshqalari ahborot yig'ish, muhim valyuta – kredit va moliya
muammolari va umuman,iqtisodiyotda statistik va ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga
oshiradi.
Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy institutlari
deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy
sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib
borayotganligidir
(quyidagi rasmga qarang).
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy –iqtisodiy
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama –qarshiliklarni bartaraf etish,
yumshatish hamda ularning o‗zaro hamkorligini ta'minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo‗lgan xalqaro moliyaviy institutlar
tarkibiga, BMTning hayrhohligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro
valyuta jamg'armasi (HVJ),
Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti
kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar
tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog'liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy
masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – iqtisodiy kengash –Yevropa, Afrika,
Osiyo va Lotin Amyerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin
Amyerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amyerikalararo
taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan.
Mahsus
jamg'armalar bu tashkilotlarni to‗ldirib turadi.