O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XYI.3. Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   165
pul va banklar

XYI.3. Bank tizimi barqarorligi va banklarni to‘lov qobiliyatini 
ta’minlash yo‘llari 
 
Banklarning likvidligi hamda to‗lovga qobiliyatliligi banklarning umumiy 
moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga asos hisoblanadi. Bankning moliyaviy 
barqarorligiga turli ichki va tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar ichida 
bankning moliyaviy bozordagi raqobatdoshligi, doimiy mijozlarning mavjudligi va 
bank amaliyotini utkazish hamda hisobini rasmiylashtirishda ilg‘or 
texnalogiyalarni qo‗llash omillari muhim o‗rin tutadi. Bankning ichki barqarorligi 
bu tijorat bank faoliyatining barqaror, yuqori natijalarini ta‘minlovchi passivlar va 
aktivlar tarkibining holati va moliyaviy natijalar dinamikasidir.
Tijorat bankiga nisbatan tashqi barqarorlik, ushbu bank faoliyat ko‗rsatayotgan 
iqtisodiy muhit barqarorligi bilan belgilanadi. Tashki barqarorlikka butun 
mamlakat miq‘yosidagi bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lgan boshqarish tizimi orqali 
erishiladi.


182 
Bankning 
moliyaviy 
barqarorligini 
tahlil 
qilish 
quyidagi 
asosiy 
yo‗nalishlarda olib boriladi.
1.
Retrospektiv tahlil. Bunda Markaziy bank tamonidan banklar uchun 
o‗rnatilgan iqtisodiy me‘yorlarga tijorat banklari tamonidan rioya qilinishining 
nazorat qilishga asoslangan moliyaviy barqarorlikning asosiy ko‗rsatkichlari va 
belgilarini tahlil qilishni o‗z ichiga oladi. Bu yunalishda likvidlik, foydalilik, 
aktivlar sifati, kapitalning yetarligi va boshqalar tahlil qilinadi.
2.
Perspektiv tahlil. Bu yo‗nalishning maqsadi tijorat banki faoliyati 
samaradorligini prognozlash hisoblanadi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tamonidan qarz olish, o‗z 
aktivlarini sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‘ topa 
olish imkonini beradigan pul bozorining mavjudligidir. 
To‗lovga qobiliyatsizlik ma‘lum bir sanaga belgilangan majburiyatlarni 
qoplay va to‗lay olish qobiliyatini bildiradi. Shuni ta‘kidlash lozimki likvidligi
bo‗lmagan bank to‗lovga layoqatli bo‗la olmaydi. Amalda aynan likvidlik to‗lovga 
qobiliyatsizlikning asosiy sababi bo‗lib, ularni bankrot va bank tizimining 
berqarorligiga olib kelishi mumkin.
Banklarning likvidligi hamda to‗lov qobiliyatligi banklarning umumiy 
moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga asos hisoblanadi.
O‗zbekiston bank tizimining likvidlikni ta‘minlashni eng oddiy usuli 
bankning bir qism aktivlarini likvid shaklda. Masalan, naqd pul, Markaziy bank va 
boshqa banklar vakillik hisob varaqlaridagi qoldiqlar, davlatning qisqa muddatli 
obligasiyalari shaklida saqlash hisoblanadi.
Banklar zurur bo‗lganda yoki moyaviy bozorda qarz olish yoki banklararo 
kreditlar olish hisobiga likvidlikni ta‘minlashi mumkin .
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank passivlarining sifatidir. 
O‗z va jalb qilingan mablag‘lar nisbati bankning ishonchligigi va faoliyati 
rivojlanishining istiqbolini xarakterlaydi. Jalb qilingan mablag‘lar oqimining 
barqarorligi likvidlik muammosini hosil qilmasdan turib qisqa muddatli resurslarni 
uzoq muddatli quyilmalarga yo‗naltirish imkoniyatini beradi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tomonidan qarz olish, 
o‗z aktivlarni sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‘ 
topa olish imkonini beradigan pul bozorini mavjudligidir. 
Banklar moliyaviy barqarorligini yana bir omili bu bank faoliyatining 
faoliyatining foydaliligidir. Foyda olish-bank faoliyati ko‗lamini kengaytirish 
manbalaridan biridir
Xulosa sifatida shuni ta‘kidlash lozimki, tijorat banklarning moliyaviy holatiga 
baho berishda ularning foydaliligi, likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor 
qaratiladi. Aynan shu omillar bankning moliyaviy holati qanday darajada 
ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatliligi nafaqat bitta 
bank yoki bank tizimining muvozanatligini, balki butun bir iqtisodiyotning 
muvozanatini ta‘minlaydi. Bank faoliyati tizimida eng avvalo banklarning 
likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ahamiyatli hisoblanadi, chunki foydalilik 


183 
faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga qobiliyatlilik 
jamiyatning keng qatlami manfaatlarini ifodalaydi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə