O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165
pul va banklar

XYII.2.
Xalqaro valyuta fondi 
Xalqaro valyuta fondi
(XVF) – Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
maxsuslashtirilgan muassasasi statusiga ega bo‗lgan valyuta-kredit tashkiloti bo‗lib 
valyuta kurslarini tartibga solish va ularga rioya qilinishini nazorat etish 
me‘yorlarini belgilash, shuningdek tulov balanslarining beqarorligi munosabati 
bilan valyuta qiyinchiliklari vujudga kelganda o‗z a‘zolariga valyuta resurslaridan 
berish yo‗li bilan xalqaro savdo va savdo hamkorligini rivojlantirishga yordam 
beradi.
XVF – AQShning Brutton Vuds Xalqaro valyuta-moliya konferensiyasida 
1944 yilda tuzilgan bo‗lib, 1947 yildan faoliyat ko‗rsata boshlagan. XVF 
boshqaruvi beshta deportamentdan (Afrika, Yevropa, Osiyo, O‗rta Sharq va
G‘arbdagi) tuzilgan. XVF kapitali uning mijozlari kvotasiga mos to‗lanadigan 
badallar hisobiga shakllanadi. Kvota lotincha Quota – qism, xissani bildirib u 
davlatlararo shartnomalarga ko‗ra ayrim yoki bir gurux tovarlar yuzasidan kvota 
o‗rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi faqat 
belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin. 
Kvotalar o‗rnatishdan maqsad bozordagi narxni ma‘lum maqsad yo‗lida 
o‗zgartirib turish, chunki kvota tovar taklifini chegaralaydi, bu bilan narxga 
binobarin foyda ko‗rishga ta‘sir etadi.
Kvota mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga, jahon iqtisodiyoti va 
xalqaro savdodagi o‗rniga qarab belgilanadi. 1947 yilda XVF ga 49 mamlakat 
a‘zo bo‗lib ular kvotalarning umumiy summasi 7,7 mlrd AQSh dollarini tashkil 
etgan.
1991 yilning o‗rtalariga kelib XVF a‘zolari 155 taga va uning kapitali 90 mlrd. 
dollarga yetdi. Shundan uchdan ikki qismi sanoati rivojlangan mamlakatlarga, shu 
jumladan AQSh 1/5 kismi, 1/3 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‗g‘ri keladi. 
Xozirgi XVF a‘zolarining soni 181 tadan ortiq. XVF boshqaruv organlariga 
kvotalar ulchamiga qarab mamlakatlar orasida ovoz taqsimlanadi. Barcha ovozning 
46%i AQSh va YeF davlatlariga tegishli, qolgan ovozlar rivojlanayotgan 
davlatlarga tegishli. XVF boshqaruv organi bo‗lib boshqaruv kengashi
hisoblanadi. U har yili bir marotaba qatnashuvchi mamlakat vakillari bilan birga 
to‗planadi. XVFning ijro etuvchi organi bo‗lib Direktorat hisoblanib u 6 a‘zodan, 
ya‘ni ko‗proq kvotaga ega bo‗lgan mamlakat a‘zolaridan tashkil topgan. 
Shuningdek unga geografik belgiga ko‗ra tanlab olingan olti a‘zo ham hisobga 
olingan. XVFning majlis utkazuvchi organi bo‗lib boshkaruv qo‗mitasi – shu‘ba 
qo‗mitasi hisoblanadi va uning tarkibiga 22 ta mamlakat moliya vazirlari kiradi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə