O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   165
pul va banklar

 
К
JYKS
М

7
 
Bunda: JYKS – jami yirik kreditlar summasi 
Umuman bir qarz oluvchiga berilgan kreditlar qo‗shilgan shu qarz oluvchiga 
nisbatan bergan, bank kapitalidan 15 foiz ortiq bo‗lgan balansdan tashqari 
majburiyatlar summasining 75 foiz jamlangan qarz katta kredit hisoblanadi. Bank 
uchun katta kredit toifaga kiradigan va bir qarz oluvchiga beriladigan kreditlar 
summasini shu qarz oluvchining o‗z mablag‘lari summasidan oshirmaslik tavsiya 
etiladi. 
Bu me‘yor bank kapitalining 5 barobaridan oshmasligi kerak. 
Bir omonatchiga (kreditorga) to‗g‘ri keladigan xatarning eng yuqori me‘yori 
olingan kredit yoki omonatning eng yuqori miqdori va bitta depozitorning depozit 
hisob varag‘idagi qoldiq qiymatini bankning o‗z mablag‘lari miqdoriga nisbati 
bilan aniqlanadi. 
К
О
М

8


180 
Bunda O – olingan kredit yoki omonatning eng yuqori miqdori va bitta 
omonatchining hisob raqamidagi, joriy raqamidagi va qimmatli qog‘ozlar bo‗yicha 
operasiyalar qoldiqlari. 
Ushbu me‘yor uchun o‗rnatilgan eng yuqori miqdor 1999 yilning 1 
yanvaridan 2000 yilni 1 yanvarigacha – 0,50. Demak bu har yilga alohida 
belgilanadi. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‗lgan operasiyalarda o‗z mablag‘idan 
foydalanish ko‗rsatkichi bankning oldi – sotti uchun harid qilgan nodavlat 
qimmatli qog‘ozlari miqdorini o‗z mablag‘lariga nisbati bilan belgilanadi. 
АК
КК
М

9
 
Bunda: KK – oldi – sotti maqsadida qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga 
yo‗naltirilgan bankning o‗z mablag‘lari
AK – aksioner kapitali 
Bankning boshqa banklar, korxonalar, tashkilotlar ustav fondiga quyadigan 
jami investisiya summasi miqdorining ulushi bank kapitalining 20 foizidan, Ustav 
fondining 10 foizidan oshirmaslik tavsiya etiladi. 
Mazkur me‘yor uchun belgilangan miqdor 0,5 ga teng 
Bankning asosiy aksiyadorlari, uning raxbarlari, xodimlari va ular bilan 
bog‘liq shaxslar bank xizmatlaridan imtiyozli asosda foydalanmasliklari va 
amaldagi qonunlarga rioya qilishlari talablaridan kelib chiqib daxldor shaxslar 
ko‗rsatkichi mavjud. 
Kengroq ma‘noda shunday shaxslarga kiritiladi: 
- bank kengashi, bank boshqaruvi, taftish komissiyasi tarkibiga kirgan 
barcha shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari 
- bank ustav fondining 10 foizidan ko‗proq qismiga ega bo‗lgan har qanday 
yuridik va jismoniy shaxslar, shu yuridik shaxslarning har qanday rahbarlari
shuningdek ularning yaqin qarindoshlari 
- qonunga ko‗ra bank faoliyatini nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va 
ularning boshqaruvchilari
Ularga imtiyozli sharoit yaratmaslik kerak deganda: 
- boshqa mijozlardan talab qilinadiganidan kam hajmda foizlar, badallar, 
boshqa tulovlarni undirish yoki ta‘minotni kam kabo‗l qilish 
- kreditni qaytarish muddatini yetarli asoslarsiz o‗zgartirish 
- o‗z tabiatiga, maqsadiga va yul quyiladigan xatarga ko‗ra bank daxldor 
bo‗lmagan mijozlar bilan to‗zmaydigan bitimlarni to‗zish. 
Tijorat banklari tomonidan ularning faoliyatining dastlabki ikki yili 
mobaynida daxldor shaxslarga kredit berish taqiqlanadi. 
АК
КСх
М
100
10

Bunda: KS – bitta daxldor shaxsga berilgan kredit miqdori


181 
Bu ko‗rsatkich bank kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. 
Bank barcha daxldor shaxslarga beradigan kreditlarning umumiy summasi 
bank ustav fondining 100 foizidan oshmasligi kerak. 
АК
ЖКМ
М

11
Bunda: JKM – daxldor shaxslarga berilgan jami kreditlar miqdori. 
Yuqorida keltirilgan iqtisodiy me‘yorlarga amal qilmagan banklarga 
Markaziy bank tegishli qonun hujjatlari asosida quyidagi jazo choralarini 
qo‗llaydi: 
- iqtisodiy me‘yorlarni o‗zgartirish; 
- majburiy rezerv fondini oshirish; 
- ayrim bank operasiyalarini amalga oshirishni ta‘qiqlash; 
- hissadorlarga dividendlar to‗lashni tuxtatib qo‗yish;
- bank ustidan vasiylik o‗rnatish;
- eng oxirgi chora ularga berilgan lisenziyalarni qaytarib olish. 
Shu kabi O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‗ra O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining ish yakunlarini ko‗rib chiqish 
vaqtida aholi va xo‗jalik yurituvchi subyektlarga banklarning depozit hisob 
varaqlaridan naqd pullarni kechiktirmay to‗lash borasida o‗rnatilgan tartib bir 
necha marta (oyiga 3 martadan ko‗proq) buzilgan taqdirda tijorat banklari xududiy 
bo‗limlari va filiallarining raxbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi, 
naqd pul mablag‘lari berishni muntazam kechiktirish xollari mavjud bo‗lganida 
tijorat banklariga nisbatan qattiq javobgarlik choralari, xatto bank operasiyalarini 
amalga oshirish xuquqini beradigan lisenziyani qaytarib olish choralari 
qo‗llanilishi belgilangan. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə