O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165
pul va banklar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


176 
XYI bob. Tijorat banklarining likvidliligi 
 
XYI.1. Bank likvidligi va uni ta’minlash yo‘llari 
Tijorat banklarning moliyaviy holatiga baho berishda ularning foydaliligi, 
likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor qaratiladi. Aynan shu omillar bankning 
moliyaviy holati qanday darajada ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va 
to‗lovga qobiliyatliligi nafaqat bitta bank yoki bank tizimining muvozanatligini, 
balki butun bir iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlaydi. Bank faoliyati tizimida 
eng avvalo banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ahamiyatli hisoblanadi, 
chunki foydalilik faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga 
qobiliyatlilik jamiyatning keng qatlami manfaatlarini ifodalaydi.
Bank lidvidligi deb
aktivlarning naqd pul sifatida ishlatish yoki ularning 
nominal qiymatini saqlab qolgan holda tezda pul mablag‘lariga aylantirish yo‗li 
bilan mavjud moliyaviy majburiyatlarni qoplay olish qobiliyatiga aytiladi.
Agar bankning naqd pullari va likvid aktivlarining yig‘indisi uning qarzi va 
moliyaviy majburiyatlarini qoplash uchun yetarli bo‗lsa bank faoliyati likvid 
hisoblanadi.
Bank likvidligiga erishish uchun:
- Tijorat bankining ma‘lum vaqt mobaynidagi aktivlari tarkibini 
takomillashtirish yo‗li bilan. Bunda ayrim aktivlarning iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi va xavf-xatarligini aniqlash; aktivlar sifatini ular daromadliligi
likvidligi, diversifikasiya qilinganligiga e‘tiborni qaratgan holda.
- Tijorat bankining ma‘lum vaqt mobaynida yuzaga kelgan noqulay tushib 
ketishdan aktiv va passivlarning mos moddalarini qo‗shimcha zayom mablag‘larini 
jalb qilish va bank moliyaviy barqarorligini daromadlarini o‗stirish yo‗li bilan. 
- Bank faoliyatini tahlil qilish, ustav, maxsus fondlar va zahiralar jalb qilingan 
mablag‘lar, aktiv kredit operasiyalarini amalga oshirishni tahlil qilishda ilmiy 
asosolangan iqtisodiy siyosat olib borish orqali.
Umuman olganda har bir tijorat banki o‗z likvidligini saqlash uchun butun 
choralar bilan harakat qilishi lozim.
Umumiy likvidlikni baholashda tijorat banklari asosiy likvidlik, joriy likvidlik 
va istiqbolli lidvidlikni bir tizimda tahlil qilishlari lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga 
yo‗naltirilgan, chunki tijorat banklarning foydasi bank kapitali to‗planishining va 
rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi. Bank foydasining oshib borishiga 
bankning rentabelligi, vaqtincha bo‗sh mablag‘larning samarali ishlatilishi, turli 
xil xizmatlarni ko‗rsatish doirasini kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni 
kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‗paytirish va boshqa omillar ta‘sir 
etadi.
Tijorat banklari foydasini kamayishiga quyidagi omillar ta‘sir etadi.
- Balansning nolikvidligi, bunda likvidlik kamomadini to‗ldirish uchun
qo‗shimcha kredit resruslarini jalb qilish zaruriyati tug‘iladi.
- Depozitlarning barqaror emasligi. 


177 
- Inflyasiyaning o‗sishi va u orqali tartibga soluvchi talablar, jumladan,
yuqori majburiy zahiralar talabi ta‘siri ostida bo‗lgan foiz darajasining pastligi. 
- Daromad keltiruvchi aktivlarning noqulay tarkibi, jumladan kam daromad 
keltiruvchi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, foizsiz ssudalar salmog‘ining 
yuqoriligi va to‗lovli passivlar.
- Foizsiz daromadlar va foizsiz xarajatlarning salbiy nisbati. 
- Ma‘muriy xo‗jalik xarajatlarining maqsadga muvofiq bo‗lmagan yuqori
darajasi
- Kredit portfelida muddati o‗tgan kreditlar salmog‘ining yuqoriligi va berilgan 
kreditlarning foydalanish hamda qaytarilish muddatlarini uzaytirish bilan bog‘liq 
yo‗qotishlar. 
- Qimmatli qog‘ozlar qiymatining tushishi. 
- Soliqlar darajasining yuqoriligi. 
- Muvozanatlashtirilmagan foiz siyosati.
- Hajmi va miqdori jihatidan o‗z kapitali miqdorini chegaralovchi 
asoslanmagan yuqori darajada xatarli bo‗lgan bank faoliyatini yuritish va 
boshqalar. 
Umuman tijorat banklari faoliyatiga ta‘sir etuvchi muammo va omillar ichida 
banklarni daromadlarini o‗stirish va xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liqlari 
muhim o‗rinni egallaydi. Har bir tijorat banki o‗zlarining kundalik foaliyatida 
ularni birinchi navbatda hal etish choralarini ko‗rishi lozim.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə