Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda taraqqiy etayotgan
mamlakatlarda xususiy sektorni barqaror rivojlanishini rag‘batlantirish, ularda
kambag‘allik miqyosini qisqartirish va shu mamlakatlarda aholi turmush darajasini
oshirish maqsadida AQSh tashabbusi bilan tashkil etilgan va u Vashingtonda
joylashgan. XMKning harakat miqyosi jaxonning XMKga a‘zo bo‗lgan taraqqiy
etayotgan mamlakatlari bo‗lib, uning yordami shu mamlakatlarning xususiy
sektoriga kreditlar va investitsiyalar bilan qo‗llab quvvatlash hisoblanadi.
Umuman XMK xalqaro lizing operasiyalarida yetakchi o‗rinni egallaydi va u
bugungi kunda 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini
moliyalashtirgan, 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya
loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko‗rsatgan hamda 25 mamlakatdagi
lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.
Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) – jahon banki
guruxida 1988 yilda tuzilgan eng yangi tuzilmadir. Uning asosiy vazifasi notijorat
tavakkalchilikdan kelib chiqishi mumkin bo‗lgan zararlarda investorlarga
beriladigan kafolot hisobiga, shuningdek sarmoya oqimini yo‗naltiruvchi va
rag‘batlantiruvchi qo‗lay investisiya muhitini va axborot bazasini yaratishda
ko‗maklashuvchi a‘zo mamlakatlarga maslaxat xizmati ko‗rsatish yo‗li bilan
rivojlanayotgan
mamlakatlar
iqtisodiyotini
mustahkamlash
maqsadida
investisiyalar oqimiga yordam berishdir.
IKXA jahon bankidan mustaqil tashkilotdir. XMK singari u operativ xodimlar
va xuquq maslaxatchilaridan iborat o‗z shtatiga ega, lekin bankning ma‘muriy va
188
boshqa xizmatlaridan foydalanadi. 1990 yillar boshida unga 128 mamlakat a‘zo
edi.
XYII .4.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki