O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165
pul va banklar

Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki.
Osiyo taraqqiyot banki
(OTB) 1966 yilda Osiyo va Tinch okean mintaqasi 
mamlakatlarida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Filippinning Manila 
shaxrida tashkil etilgan. Bank xukumat va xususiy korxonalarga kredit beradi. 
Kredit loyiha qiymatining 25% idan yoki 75 mln. AQSh dollaridan oshmagan 
holda beriladi. Ќar bir loyiha uchun garov talab etadi.
O‗zbekiston OTB ga 1995 yilda Markaziy Osiyoda 15-chi, a‘zo mamlakatlar 
ichida 22-chi bo‗lib a‘zo bo‗lgan.
OTB xalqaro moliya instituti bo‗lib xozir 63 a‘zoga ega.
Bugungi kunda respublikamizda kredit shaklida amal qilayotgan chet el va 
xalqaro molyaviy tashkilotlar investisiyalarining 33,6 %i OTB ga to‗g‘ri 
kelmoqda. Bankning mablag‘lari asosan ikki yo‗nalishda - maxsus fond orqali va 
oddiy fond orqali beriladi. Maxsus fond mablag‘lari kam rivojlangan a‘zo 
mamlakatlarga imtiyozli kredit berish va texnik yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilsa, 
oddiy fond mablag‘lari tijorat yo‗nalishidagi kreditlar yuqori foiz stavkasi bilan 
10-15 yilga beriladi. 
OTBning O‗zbekistonga ajratgan qarzlari muddati asosan 25 yilga 
muljallangan bo‗lib ularni 5 yili imtiyozli davrni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot banki
(ITB) 1974 yilning 12 avgustida tashkil etilib, 1975 
yildan foaliyat ko‗rsatmoqda. Bankning asosiy maqsadi islom konferensiyasi 
tashkilotiga a‘zo davlatlar taraqqiyotiga shariat prinsiplariga asoslanib xizmat 
ko‗rsatish.
O‗zbekiston ITB ga 2003 yil 2 sentyabrda uning Olma – otada o‗tgan 
boshqaruv kengashining 28 yig‘ilishida 55 a‘zo sifatida qabul qilingan.
ITB ning kreditlari eng past foizlarda (yillik 5 – 6 % chunki Kur‘on 
so‗dxurlik bilan shug‘ullanishni taqiqlaydi) bo‗lib undan kelgan daromad faqat 
xarajatlarni qoplashni ko‗zda tutadi. Kreditlar 15 – 20 yilga berilib, 3 – 5 yildan 
qaytarila boshlanadi.
ITB ning O‗zbekistonga yordami transport kommunikasiyalari, energetika, 
umuman infrato‗zilma, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, xususiy tadbirkorlik, kichik va 
o‗rta biznes subyektlarini taraqqiy ettirishga qaratilgan. 
Shu kabi mintaqaviy banklar jumlasiga 1949 yilda tashkil etilgan 
Amerikaaro taraqqiyot banki, 1964 yilda tashkil etilgan Afrika taraqqiyot banki
1958 yilda tashkil etilgan Yevropa investisiya banki va boshqa banklarni keltirish 
mumkin.


190 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda mamlakatimizning eng yirik va 
rivojlangan banklari chet el banklari va boshqa xalqaro moliya-kredit tashkilotlari 
kredit 
yo‗nalishlari 
orqali 
loyihalarni 
moliyalashtirishda 
jonbozlik 
ko‗rsatmoqdalar. Jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar mablag'lari hisobiga 
kichik va hususiy tadbirkorlik investitsiya loyihalari, shuningdek, kichik va 
hususiy 
tadbirkorlik 
sub'ektlariga 
xizmat 
ko‗rsatuvchi 
infratuzilmalarni 
zamonaviylashtirish va tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish orqali 
mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishga, kichik va hususiy 
tadbirkorlik sub'ektlarni yanada rivojlanishini ta'minlashga erishilmoqda va 
natijada milliy iqtisodiyot rivojlanishi tezlashishiga ma'lum ma'noda erishish 
imkoniyati yaratilmoqda. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə