O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165
pul va banklar

XVF kreditlari bo‘linadi: 
XVFning 
zaxira 
pozisiyasi 
chegarasida 
turuvchi 
mamlakatlarga 
beriladigan kredit. 
Tulov balansi defisitini qoplash uchun mamlakatlar valyuta 
fondidan qarz olishlari mumkin. Bu qarz milliy valyutani xorijiy valyutaga 
almashtirish yo‗li bilan 3-5 yil muddatga olinadi. Ssudaning to‗lanishi esa aksincha 
bo‗ladi. Milliy valyuta erkin konverterlanadigan valyutada sotib olinadi. 25% 
kvota atrofida mamlakat kreditni cheklashlarsiz olishi mumkin. Shuningdek oltin 


186 
fond me‘yorida belgilangan kredit hajmida xorijiy valyutada kredit olishi mumkin. 
Bu kredit salmogi 200 % kvotadan oshmasligi kerak.
Yuqori zahira ulushiga beriladigan kredit
. Bunday ssudalar mamlakat 
valyutasining iqtisodiy holatini o‗rganib chiqib XVFning barqarorlashtirish chora-
tadbirlari talabini bajargandan so‗ng beriladi. XVFning barqarorlashtirish dasturi 
ichki kreditlarni chegaralash, byudjet xarajatlarini kamaytirish kabi masalalarni hal 
qiladi. Biroq XVFdan kredit olish mamlakatlarga xususiy banklardagi kreditlarni 
hisob-kitob 
qilish 
imkonini 
beradi. 
XVF 
davlatlararo 
valyuta-kredit 
munosabatlarini boshqarishda asosiy o‗rin egallaydi. Brutton Vudsdagi kelishuvga 
binoan fond oldiga a‘zo mamlakatlar valyuta paritetlarini boshqarish va qullab – 
quvvatlash, valyuta kurslarini boshqarish vazifasi qo‗yilgan.
O‗zbekiston XVFga 1992 yilning sentyabridan a‘zo.
XYII.3
.
 Jaxon banki va uning tarkibi 
Jaxon banki va uning tarkibi.
Jahon banki jahon miqyosida yirik valyuta 
kredit tashkiloti bo‗lib hisoblanadi. Uning prezidenti Djeyms Vulfenson 10 yillik 
faoliyatidan keyin 2005 yilning may oyidan bo‗shadi va uning o‗rniga 2005 
yilning 1 iyunidan AQSh mudofaa vaziri o‗rinbosari Pol Fulfovis saylandi.
Jahon banki 43 yirik moliyaviy muassasalardan iborat bo‗lib, ularning
asosiylari quyidagilar: 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) 
Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi (XTA yoki Xalqaro rivojlanish uyushmasi – 
XRU) 
Xalqaro moliya korporasiyasi (XMK) 
Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) 
Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi (SOTMXM) 
va boshqalar.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə