O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165
pul va banklar

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(XTTB) Brutton Vuds konferensiyasi 
qaroriga binoan va XVF ta‘sisligida1945 yilda Vashingtonda tashkil topgan. 
Uning ustavi rasmiy ravishda 1945 yilda kuchga kirgan va 1946 yildan ish 
boshlagan. Uning asosiy maqsadi a‘zo davlatlar iqtisodiyotiga o‗zok muddatli 
kreditlar va qarzlar berish, xususiy investisiyalarni kafolatlashdan iborat. XVF ga 
a‘zo bo‗lgan mamlakatlargina XTTB ga a‘zo bo‗lish xuquqiga ega. XTTB 
BMTning maxsus muassasasi davlatlararo investision instituti hisoblanadi. XTTB 
tomonidan kreditlar davlat kafolati ostida beriladi. XTTB shuningdek boshqa 
banklarning o‗zoq muddatli kreditlari bo‗yicha kafolatlar beradi. Bank o‗zining 
krediti bilan obyektning 30% qiymatini qoplaydi. 
HTTBning resurslari ikkita manba: 
• birinchisi, akciyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan; 
ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida akciyalarni joylashtirish orqali (95 
foizga yaqini) shakllantiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1992 yil 2 iyuldagi 622-sonli 
qarori asosida mamlakatimiz XKTTB, XTA, XMK, IKXAga a‘zo. 


187 
Xalqaro taraqqiyot assotsiyatsiyasi
(XTA) yoki xalqaro rivojlanish 
uyushmasi (XRU) 1960 yilda rivojlanayotgan davlatlarga imtiyozli kreditlar (0,75 
% yillik foiz stavkasida) berish maqsadida tashkil etilgan. Uning kreditlari asosan 
yalpi ichki maxsulot aholi jon boshiga eng kam to‗g‘ri kelayotgan mamlakatlarga 
to‗g‘ri keladi. 1993 yilda shunday mamlakatlar miqdori 60 ta bo‗lgan. XKTTB 
a‘zolari uchun XTA a‘zoligi ochik. XTA resurslari XKTTB sof daromadidan 
muntazam ajratmalar hisobidan to‗ldirib turiladi. XTA fakat xukumatlarga qarz 
beradi. Qarzni o‗zish muddati 30 yildan 40 yilgacha. Bunday qarzlar bo‗yicha 
foizlar olinmaydi, lekin kreditga xizmat qilish qarzning joylashtirilgan qismining 
0,5 foizi miqdorida har yili yig‘im olinadi. XTA xuquqiy va moliyaviy mustaqil 
tashkilot bo‗lsada u XKTTB bilan xodimlarning umumiy shtatiga ega. XTA
amalga 
oshirayotgan 
loyihalar 
XKTTB 
qullab-quvvatlayotgan 
loyihalar
mezonlariga javob berishi kerak.
Aholi jon boshiga to‗g'ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam 
bo‗lgan mamlakatlar HRAning kreditiga da'vogarlik qilishi mumkin. Dunyo 
bo‗yicha bunday mamlakatlar soni tahminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu 
mamlakatlarda 2,5 mlrddan ortiq aholi yashaydi. 
HRAning kreditlari asosan ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq ho‗jaligini 
rivojlantirishga yo‗naltirladi. Unga HTTBga a'zo –mamlakatlar kirishga haqli 
bo‗lib, lekin ko‗pchilik mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning 
uchun HTTBga a'zo bo‗lgan 184 ta mamlakatdan faqat 164 tasi uning a'zosi 
hisoblandi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə