173
4-bitim
. Markaziy banklarga majburiy qo‗yilma.Har
bir tijorat banki qonun
bilan o‗rnatilgan minimal zaxiralarvga ega bo‗lishi kerak.
Minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy
saqlanishi zarur bo`lgan qismidir. Majburiy zaxira miqdori tijorat bankining
chetdan jalb qilingan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi.
Bu zaxira bevosita
banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini
ta`minlash omili bo`lishi mumkin.
Minimal zaxira me`yori jamg'arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashish
o`rniga bog'liq bo`lgan holda turli mamlakatlarda turlicha bo`lishi mumkin.
Tijorat bankida mavjud pul mablag‘lari bankning haqiqiy(umumiy) resursini
tashkil etsa, shu haqiqiy resurslarning majburiy
zaxiralardan ortiqcha qismi
ortiqcha zaxiralarni tashkil etadi.
Ortiqcha zaxira = haqiqiy resurs – majburiy zaxira
Yuqoridagi 3-bitim bo‗yicha haqiqiy resurs – 110 mln.so‗m, majburiy zaxira
(masalan, rezerv norma – 10% bo‗lganda) – 10 mln.so‗m (muddatsiz qo‗yilma –
100*10%), ortiqcha rezerv esa 100 mln.so‗m (110 - 10).
Ortiqcha zaxiralar tijorat banklarining negizini tashkil qiladi.
U berish uchun
rejalashtirib qo‗yilgan ssudalar hajmiga teng keladigan miqdorda zaxiralarga ega
bo‗lishi lozim, chunki bank yaratilgan depozitlarga
yozib beriladigan cheklar
bo‗yicha to‗lashga tayyor turishi shart.
5-bitim.
Bankka yozilgan chek. 3-bitim bo‗yicha, bankka 100 mln.co‗mlik
muddatsiz mablag‘ qo‗gan firma rahbari, ozining qo‗yilmasi hisobidan 50
mln.so‗miga chek yozib, bankka murojaat qildi va mijozning talabi qondirildi.
Bu bank balansida quyidagicha aks ettiriladi(mln.hisobida):
6-bitim
. Bank tomonidan kredit ajratilishi. Bank 50 mln.so‗mlik
kredit
so‗rab murojaat qilgan mijoz uchun 50 mln.so‗mlik kredit ajratdi.
Bu bank balansida quyidagicha aks ettiriladi(mln.hisobida):
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning
rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni
cheklanmagan tarzda
bir bankdan ikkinchi bankga o‗tkazish, shu bilan birga tijorat banklari tomonidan
berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu
Dostları ilə paylaş: