170
XY bob. Bank depozitlarini kengaytirishning multiplikatsiya mexanizmi
XY.1. Tijorat banklari balansining qisqacha tasnifi
Tijorat banklari balansi bank resurslarining pul ko‗rinishidagi holati bo‗lib,
ularning shakllanish manbaalari va foydalanish yo‗nalishlari, shuningdek bankning
hisobot davri boshi va oxiriga mablag‘larning moliyaviy natijasini aks ettiradi.
Balans tahlili belgilangan davr bo‗yicha bank faoliyatining to‗liq xarakteristkasini
beradi.
Tijorat banklari balansi ikki qismdan iborat bo‗lib, balansning aktiv
qismida quyidagilar aks etadi:
a)
pul mablag‘lari;
b)
valyuta va qimmatli qog‘ozlar;
v) bank ssudalari;
s) asosiy vositala;
d) boshqa aktivlar.
Tijorat banklari balansning passiv qismida quyidagilar aks etadi:
a)
bank fondlari;
b)
jalb qilingan mablag‘lar;
v) xarid qilingan mablag‘lar;
s) markazlashtirilgan kredit resurslar;
d) boshqa passivlar.
Tijorat bankining balansi buxgalteriya balansi bo`lib, u bankning o`z
mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larining holatini hamda ularni bankning kredit
va jalb qilingan mablag‘larining holatini hamda ularni bankning kredit va boshqa
aktiv operatsiyalariga joylashuvini ifodalaydi. Bundan tashqari, buxgalteriya
balansi bank tomonidan bajariladigan operatsiyalarni
xarakterlaydi va haqiqiy -
olingan foydani ko`rsatadi. Shu bois balans bank . moliyaviy faoliyati natijalarini
ko`rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shakli bo`lib, boshqaruv qarorlarini
qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Bank rahbarlariga bank ishini
rivojlantiriirshida aniq chora va tadbirlar ishlab chiqishiga sharoit yaratadi. Badans
ma`lumotlari asosida
bank kapitali va fondlari, kassadagi naqd pullar qoldig‘i,
mijozlarning hisob-kitob va ssuda xisob varag‘laridagi qoldiqlar, hamda boshqa
jalb qilingan mablag‘lar holati haqida tasavvurga ega bo`lish mumkin.
Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi va o‗z ichiga "Kassadagi
naqd pullar", "Yo‗idagi naqd pullar", "Valyuta almashtirish shaxobchalari
kassasidagi naqd pullar", "Bankomatlardagi naqd pullar"
kabi bir qator
subhisobvaraqlarini birlashtiradi. Majburiy zaxiralar fondi ham Markaziy
Bankdagi alohida hisobvarag‘ida turadigan bank mablag‘i bo‗lib, O`zbekistonning
barcha tijorat banklari tomonidan majburiy tartibda zaxiralanadi, bu esa tijorat
bankining likvidligini saqlab turishga ma'lum - darajada kafolat bo`ladi. Majburiy
zaxiralar fondiga ajratmalarning foiz stavkalarini
belgilash Markaziy Bank
tomonidan o`tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab turuvchi eng
ta`sirchan mexanizm bo`lib hisoblanadi.
171
Oldi-sotdi uchun mo`ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo`yicha
operatsiyalar tijorat bankining fond bozoridagi operatsiyalarini aks ettiradi va
balavs aktivining boshqa ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda qimmatli qog‘zlar
bilan bo`ladigan operatsiyalarida bankning amaliy faolligini ifodrchyaydi.
Bank tomovidan berilgan - qisqa muddatli ssudalar - "Boshqa banklarga
berilgan qisqa muddatli ssudalar, "Hukumatga berilgan qisqa muddatli ssudalar‖,‖
Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli ssudalar‖, "Davlat korxovalariga
berilgan qisqa muddatli ssudalar", ―Qo‗shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli
ssudalar", "Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar", va
"Korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli ssudalarga" ko‗rinishida qayd etiladi.
Uzoq muddatli ssudalar ham turli mulkchilik shakllariga oluvchilar bo`yicha
guruxlangan holda hisobga olib boriladi. Umuman, kreditlar
tijorat banklarining
ssudaga doir operatsiyalaridan bank foyda olishini belgalovchi moddasi
hisoblanadi.
Balansda bank investitsiyalari ikki kategoriyaga bo`linadi:
a) Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag‘lar, O`zbekiston
Respublikasi
Markaziy
Bankining
obligatsiyalariga
hamda
xususiy
obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‘lar;
b) O‗z qimmatbaqo qog‘ozlariga qo`yilgan investitsiyalar.
Balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar - bank
aktivlarining asosiy moddalaridan biri bo`lib hisoblanadi, chunki bank o`z
faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart
- sharoitga eta bo`lishi lozim. Bankning asosiy
vositalariga bino - inshootlar,
kapital qurilish uchun bank tomonidan qilingan xarajatlar, ofis va ish mebeli,
jixozlar, kompyuter va boshqa xisoblash texnikasi, aloqa vositalari kabilar kiradi.
Bank balansining ―Majburiyatlar‖ qismi depozitlardan boshlanadi. Depozitlar
bankning boshqa sub`ektlardan jalb qilingan manbalarini ifodalaydi.
Buxgalteriya
hisobining ko`p valyutalik tizimida depozit qaysi valyutada qo`yilsa, u o‗sha
valyutada ro`yxatga olinadi va ularning hisobi har bir valyuta uchun:l alohida
ochilgan bosh kitoblarida olib boriladi. Bundan tashqari depozit majburiyatlari
muddati va uni qo`ygan mijozning mulkchilik shakliga ko‗ra ham tasniflanadi.
Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘armali va
muddatsiz depozit turlariga bo`linadi. Boshqa banklardan
va mijozlardan olingan
ssudalar muddatlari va kreditorlarning turlari bo`yicha tasniflanadi, ya`ni "Bank
tomonidan olingan o`rta muddatli ssudalar", "Bank tomonidan olipgan o`rta
muddatli ssudalar", "Bank tomonidan olingan uzoq muddatli ssudalar" ko‗rinishida
olib boriladi.
Bank balansining "KAPITAL" bo‗limi o`z ichiga "Aktsionerlik kapitali",
"Qo`shimcha kagshtal" "Zaxira kapitali" deb nomlangan asosiy hisobraqamlarini
oladi. Tijorat bankining aktsiyadorlik kapitali bankning o`z mablag‘larini
ifodalaydi. Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasini va
tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi. ―Kapital‖
bo`limida yuqoridagi hisobraqamlardan tashqari "Taqsimlangan foyda"ni ham aks
ettiriladi.,