O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165
pul va banklar

Standart kreditlar
. Bunday kreditlar bo`yicha vaqti-vaqti bilan kreditni o`z 
vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni belgilangan 
muddatda to`lay olmaganda to`lov muddati bir marta uzaytirilishi va kredit 
bo`yicha foizlarni to`lay olmaslik davri 30 kundan 60 kungacha, to`liq 
ta`minlanmagan kreditlar uchun 30 kundan oshmasligi lozim. Olgan krediti 
standart kredit deb topilgan mijozlarning moliyaviy ahvoli, odatda, barqa-ror 
bo`ladi, lekin sabablar tufayli uning faoliyatida salbiy moliyaviy xolat yuzaga 
kelgan bo`lishi mumkin. Bunday kreditlar qatoriga yaxshi rasmiylashtirilmagan 
kreditlar, garov, ta`minlanganligi bo`yicha to`g'ri hujjatlashtirilmagan yoki 
hujjatlar yetarli bo`lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu kreditlar bo`yicha 10 
foiz miqdorida zaxira tashkil qilinishi zarur. 
Substandart kreditlar
. Bu guruhga kiruvchi kreditlar ularning sifati yetarli 
darajada emasligini bildiruvchi aniq belgilarga ega bo`ladi. Bu, asosan, 
kreditlarning bankka qaytib to`lanishida ma`luì kamchiliklar mavjudligini va 
qarzni to`lash uchun qo`shimcha manbalarni topish zarurligini ko`rsatadi. 
Substandart kreditlar qarz oluvchining ishonchli moliyaviy ahvoli va to`lov 
qobiliyatining yuqori darajasi bilan himoyalanmagan. Bu kredit kreditning 
ta`minlanganligini tashkil qiluvchi manbalar ma`lum tavakkalchiliklar bilan 
bog'liqligini, kreditning joriy holati bo`yicha yetarli axborotning mavjud emasligi, 
garov hujjatlarida ma`lum kamchiliklar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu kredit 
bo`yicha 60 kundan 90 kungacha to`lanmagan qarzlar mavjud bo`lishi mumkin. Bu 
kreditlar 
moliyaviy 
ahvoli 
barqaror 
bo`lmagan, 
korxonaning 
to`lovga 
layoqatliligida kamchiliklar bo`lgan hollarda yuzaga keladi. Substandart kreditlar 
bo`yicha to`lanmagan qarzlarni qoplash uchun 25 foiz miqdorida zaxira tashkil 
qilinadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə