O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
pul va banklar

Banklarning aktsioner kapitali
quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil 
topishi mumkin. Bular: a) xususiy aktsionerlik kapitali, bu kapital oddiy va 
imtiyozli aktsiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fond hisobidan 
yuzaga keladi; b) har xil ko`zda tutilmagan xarajatlarni va to`lanmagan qarzlarni 
qoplash uchun tashkil qilingan zaxiralar; v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari 
(uzoq muddatli veksel' va obligatsiyalar) bo`lishi mumkin. 
Banklarning zaxira kapitali
yoki zaxira fondi foydadan ajratmalar 
hisobiga hosil bo`ladi va ko`zdà tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog'ozlar 
kursining tushishi natijasidagi yo`qotishlarni qoplash uchun mo`ljallangan. 
Taqsimlanmagan foyda - zaxira fondiga ajratmalar va dvidendlar 
to`langanidan so`ng qoladigan foydaning bir qismidir. 
Banklarning xususiy mablag'lari
tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Banklarning xususiy kapitali hissasining kamayishi ba`zi hollarda 
banklarning sinishiga olib keladi. 
Bankning emitentlashgan mablag'lari
. Banklar mijozlar mablag'laridan 
uzoqroq foydalanishni amalga oshirishdan, manfaatdordir. Shu sababli banklar 
obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo`li bilan xususiy 
resurslari miqdorini ko`paytirib boradilar.
Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko`rinishida emitentlashadi.
Xozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu 
obligatsiyalar bo`yichà daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga ko`ra milliy valyuta 
hamda AQSH dollarida yoki boshqa chet el valyutasida to`lanishi mumkin.
Bank tomonidan elementlashgan qimmatli qog'ozlarning turlaridan biri 
"suzuvchi foiz stavkali" qimmatli qog'ozlardir. Masalan, AQSHda 1970 yillar 
o`rtalarida ikkita yirik tijorat banklari - "Sitibenk" va "Cheyz Manxetten Benk" 
xolding kompaniyalari orqali "suzuvchi foiz stavkali" qimmatli qog'ozlar 
chiqardilar. Bu qo`yilmalar bo`yicha foizlar 3 oylik xazina veksellariga nisbatan 
bir foiz yuqori to`lanadi. 
Banklar mijozlarning hohishiga qarab bir yilda ikki marta ularni to`lash 
majburiyatini o`z zimmalariga oldilar. Buning uchun mijoz ko`rsatilgan 
muddatdan bir hafta oldin mablag'larni olishi to`g'risida bankka xabar berishi shart. 
Bank passivlarida o`tgan asrning 90 - yillari davomida bankning xususiy 
mablag'lari miqdorining qisqarishi davom etdi va xorijiy mamlakatlar kabi bizning 
banklarimizda ham jalb qilingan resurslar salmog'i oshdi.
Jalb qilingan mablag'larning yana bir turi bank balansida turgan va ularni qayta 
sotib olish to`g'risidagi kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog'ozlar 
hisoblanadi.


161 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə