O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


bo‘sh turgan pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   165
pul va banklar

bo‘sh turgan pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga 
aylantirish funktsiyasini
bajara turib mavjud bo‗sh pul daromadlari va 
jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi o‗z pul mablag‘larini banka ishonib 
topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma`lum foiz 
xisobida daromad oladilar. Bush pul mablag‘lari xisobidan ssuda fondi vujudga 
keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat banklari faoliyatida asosiy 
o‘rinni korxona, tashkilotlar va aholini 
kreditlash 
egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy 
vositachi vazifasini o‗taydi. U bo‗sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi va o‗z 
nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan 
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‗jaligi, savdo va boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‗ladi. 
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi
tijorat banklarini boshqa 
moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya 
qilganida, ssudalar berganida pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganida 
muomalada pul massasi kamayadi. 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank 
tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o‗tkaziladi va bankning 
qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma`lum qismini naqd pul shaklida 


158 
hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomalada pul massasining miqdori 
oshadi. Shuning uchun ham tijorat banklar faoliyati ustidan Markaziy bank nazorat 
olib boradi. 
Tijorat banklarining muhim vazifalaridan biri - 
xisob-kitoblarni olib 
borish
dir. Xisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‗rtasida vositachi bo‗lib 
xizmat qiladi. Tijorat banklari yana qimmatbaxo qog‘ozlar chiqarish va 
joylashtirish bilan shug‘ullanishi mumkin.Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat 
qila turib mijozlarga har xil axborotlar, maslaxatlar berishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning mohiyati va funktsiyalari, shuningdek, 
bajaradigan operatsiyalari va ko‗rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi 
rolini belgilab beradi. Shuningdek, tijorat banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda 
asosiy e'tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va 
bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
xususida so‗z ketganda, dastlab jamiyatda ularning bajaradigan operatsiyalarini 
zarurligi va turlari, shuningdek, xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining ularga 
bo‗lgan ehtiyoji doirasida so‗z yuritish maqsadga muvofiq. Bularning barchasi 
banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini anglatadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə