O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   165
pul va banklar

"Norezident bank"
- xorijiy davlatlar hududida ro`yxatga olingan bank. 
"Chet el kapitali ishtirokidagi bank"
- chet ellik investorlarning ishtiroki 
ustav kapitali umumiy summasining kamida 30 foizini tashkil etadigan bank. 
Bunda, chet ellik investorlaridan biri yuridik shaxs bo`lishi lozim. Bunday 
bankning ustav kapitalini shakllantirishda rezidentlar va norezidentlar, jismoniy va 
yuridik shaxslar, shuningdek norezident banklar ishtirok etishi mumkin. 
"Xususiy bank"
- ustav kapitalida muassis-jismoniy shaxslarning ulushi 
kamida 50 foizni tashkil etadigan bank, ustav kapitalining qolgan qismi nodavlat 
yuridik shaxslarga tegishli bo`lishi mumkin. 
"Sho`ba banki"
- ustav kapitali to`laligicha norezident bank tomonidan 
to`lanadigan bank. 
Bank aktsiyadori"
- bank aktsiyalariga ega bo`lgan yuridik yoki jismoniy 
shaxs. 
Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
 
 
 


150 
Tijorat banklari ustav kapitalining minimal miqdoriga qo`yilgan talablar: 
Yillar 
Tijorat
banklari 
uchun 
chet el kapitali
ishtirokida
ochilayotgan
banklar uchun 
Xususiy banklar 
uchun 
1yanvar 1998 
1,5 mln.АQSH dol. ekv. 5 млн. АQSh дол. экв. 
0,3 mln.АQSH dol. ekv. 
1yanvar 1999 
2,0 
5,0 
0,3 
1yanvar 2000 
2,5 
5,0 
0,3 
1yanvar 2002 
2,5 
5,0 
1,25 
1yanvar 2005 
5,0 
5,0 
2,5 
1yanvar 2008 yildan 5,0 млн.Евро экв. 
5,0 млн.Евро экв. 
2,5 млн.Евро экв. 
1yanvar 2011 yildan 10 mln.yevro ekv. 
10 mln.yevro ekv. 
5 mln.yevro ekv. 
Manba: Bank axborotnomasi 2014 y. 2-soni 
Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining 
hisob-kitobi AQSH dollari kursining O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan valyuta operatsiyalari bo`yicha buxgalteriya hisobini, statistika va 
boshqa hisobotlarni yuritish uchun muassislar tomonidan bank tashkil etish 
to`g‘risida qaror qabul qilingan kunda belgilangan kursidan kelib chiqqan holda 
milliy valyutada amalga oshiriladi. Bank faoliyatini to‗xtatish va banklarni tugatish 
«Banklar va bank faoliyati to‗g‘risida»gi qonun ham Markaziy bankning 240 – 
sonli «Banklarni tugatish tartibi to‗g‘isida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 
Unga ko‗ra banklar aktsiyadorlar yig‘lishining qaroriga ko‗ra, Markaziy 
bank litsenziyani qaytarib olganda va bank bankrot deb e‘lon qilinganda o‗z 
faoliyatini to‗xtatadi. O‗z faoliyatini to‗xtatgan bank Markaziy bank tomonidan 
banklarni Davlat ro‗yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati 
to‗xtatilganligi matbuotda e‘lon qilinadi.
Tijorat banklari mulkining asosiga ko‗ra 4 ta turga bo‗linadi 1) Davlat tijorat 
banklari; 2) Aktsiyadorlik tijorat banklari; 3) Xususiy tijorat banklari; 4) Chet el 
kapitali ishtirokidagi banklar. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə