O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165
pul va banklar

2023 yilda 5 foiz darajadagi 
inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.
Markaziy bank faoliyatini tushuntiring. 
2.
Nima uchun Markaziy bank banklarning banki hisoblanadi? 
3.
Nima uchun Markaziy bank – rezerv bank hisoblanadi? 
4.
Nima uchun Markaziy bank – emissiya banki hisoblanadi? 
5.
O‗R Markaziy bankining asosiy maqsadini tushuntiring. 
6.
Markaziy bankning kredit resurslari qanday manbalardan iborat? 
7.
O‗R Markaziy bankining asosiy funktsiyalarini tushuntiring. 
8.
Pul-kredit siyosatining mazmun va mohiyatini tushuntiring. 
9.
Qayta moliyalashtirish siyosati siyosatining mazmun va mohiyatini 
tushuntiring.. 
10.
Ochiq bozor siyosati siyosatining mazmun va mohiyatini tushuntiring. 
11.
Majburiy zaxiralash siyosatining mazmun va mohiyatini tushuntiring. 
12.Pul-kredit siyosatining asosiy yo‗nalishlarini tushuntiring. 
13. Inflyatsion targetrlash nima?
24
www.cbu.uz www.cbu.uz


148 
III bob. Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi ahamiyati va 
vazifalari 
XIII.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va xuquqiy 
asoslari 
O‗zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‗g‘risida»gi 
qonunning birinchi moddasida ta‘kidlanganidek «Bank – bu tijorat muassasasi 
bo‗lib jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‗sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish 
va ularni o‗z nomidan to‗lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida 
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi». 
Bank yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‗sh pul mablag‘larini 
dеpozit va omonatlarga ma‘lum foiz to‗lovlarini to‗lash sharti bilan qabul qilib, 
ushbu mablag‘larni jamiyatning faol qatlamlariga ma‘lum foiz to‗lovlarini olish 
maqsadida yo‗naltiradigan va bu ikki turdagi foiz to‗lovlari o‗rtasidagi farq 
hisobiga asosiy daromadi shakllanadigan muassasadir. 
O‗zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya 
imperiyasi davlat bankning filiali bo‗lgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus 
kapitali ishtirokidagi O‗rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki 
(1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), 
Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, bo‗lim 
va agentliklari faoliyat olib bordi. 
Banklarning o‗ziga xos xususiyati shundaki, ular o‗z mablag‘lari bilangina 
emas, balki omonatchilar va krеditorlar, aktsiyadorlar hamda mijozlar ularga 
ishonib topshirgan mablag‘lar bilan, y‘ani kеng jamoatchilik bilan ish ko‗radi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari 
tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat 
miqyosida pul taklifi qisqarishi, to‗lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va 
kutilmagan majburiyatlarining vujudga kеlishi kabi salbiy makroiqtisodiy 
oqibatlarga olib kеlishi mumkin. 
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‗g‘ini bo‗lib kredit resurslarining 
asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga 
xizmatlarni ko‗rsatadi.O‗zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining 
Markaziy bankdan keyingi pog‘onasi hisoblanadi 
Respublika hududida tijorat banklari o‗z faoliyatlarini Markaziy bank 
tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga litsenziya berish O‗zbekiston Respublikasining «O‗zbekiston 
Respublikasining Markaziy bank to‗g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati 
to‗g‘risida»gi, «Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini ximoya qilish 
to‗g‘risida» gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo‗yicha tegishli me‘yoriy 
hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi. 
Tijorat banklarini tashkil qilish 1999 yilni 11 – fevralida qabul qilingan 
«Banklarni ro‗yxatga olish va ularga lisenziya berish tartibi to‗g‘risida»gi 630 – 


149 
sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizomga asosan tijorat banklari ochiq 
yoki yopiq aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Bankni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun Markaziy bank tomonidan 
belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida, filiallar 
ro‗yxatga olinayotganda esa ushbu mablag‘ning yarmi miqdorida xaq to‗lanishi, 
ustav kapitalining 30 foizidan ortig‘i xorijiy shaxslarga tegishli bo‗lgan banklar va 
shu‘ba banklarini ro‗yxatdan o‗tkazishda 5000 AQSh dollariga teng summada xaq 
to‗langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim. 
O‗zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‗g‘risida»gi qonunga 
asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa 
birlashmalari, jamoa fondi mablag‘lari, shuningdek kreditga va garovga olingan 
mablag‘lardan foydalanish man etiladi. 
«Banklarni ro‗yxaga olish va ularga lisenziya berish tartibi to‗g‘risida»gi 
Nizomga asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 2002 yilning 1 
yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi 
kerak. Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat 
etilmaydi. (shu‘ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o‗z ustavi 
asosida faoliyat ko‗rsatadi.
Banklar ustav kapitalini shakllantirish nuqtai nazariga ko‗ra quyidagicha 
tasnihlanadi: 
―Bank" - yuridik shaxs bo`lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul 
qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan o`z xatari va tavakkalchiligi asosida 
kreditlash yoki investitsiyalashda foydalanish; to`lovlarni amalga oshirish uchun 
Markaziy bank litsenziyasiga ega bo`lgan tijorat tashkilotidir. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə