O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Tijorat banklarini mulkining asosiga ko‘ra guruhlanishi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165
pul va banklar

Tijorat banklarini mulkining asosiga ko‘ra guruhlanishi: 
(2021 yil aprel oyi holatiga ko‗ra) 
TIJORAT BANKLARINING MULK SHAKLIGA KO‘RA TURLARI 
Davlat banklari 
Aktsioner 
tijorat 
banklari 
Xususiy banklar 
Chet 
el 
kapitali 
ishtirokidagi 
banklar 
1.Agrobank
2. Aloqabank 
3. Asaka bank 
1. Ipak yo‗li banki 
2. Kapitalbank 
3.Madadinvestbank 
1.Trastbank 
2.Turkistonbank 
3.Davrbank 
1.Ziraatbank 
2.Soderat Eronbank 
3.Investfinansbank 


151 
4. Aziya Alyans bank 
5. Ipotekabank 
6. Xalq banki 
7. Turonbank 
8. Uzagroeksportbank 
9.O‗z.sanoatqurilishbank 
10.O‗R TIA Milliybanki 
11. Qishloqqurilishbank 
12. Poytaxt bank 
13. Mikrokreditbank 
4. Ravnaqbank 
5. TBCbank 
6. Anorbank 
7.Universalbank 
4.He Tech bank 
5.Oriyent 
finansbank 
4.Savdogarbank 
5.Hamkorbank 
6.KDB bank
7.Tengebank 
Tijorat banklari hozirgi paytda korxonalar va aholi o‗rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni amalga oshirishda muhim vositachi bo‗lib hisoblanadi. 
 
 XIII.2. Tijorat banklar faoliyatining asosiy tamoyil va funktsiyalari 
Tijorat banklarining faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1. Kredit resurslarini tashkil etishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanishi.
2. Mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‗rsatish. Bu bankning nafaqat o‗z 
resurs va kredit quyilmalarining mutonosibligi, balki bankning aktivlari bilan 
uning jalb qilingan mablag‘lari o‗rtasidagi mutonosibligini ta‘minlashini bildiradi. 
3. Bank faoliyatining to‗la iqtisodiy mustaqilligi. Bunda bank o‗z va jalb 
etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatlarni o‗zi mustaqil 
ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz 
stavkalarini mustaqil o‗rnatishi va o‗zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda 
taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini bajarishi mumkinligi ko‗zda tutiladi. 
4. Banklar faoliyatini tijoratlashuvi. Bu tamoyil banklarni kamroq xarajat qilib 
ko‗proq foyda bilan faoliyat ko‗rsatishga asoslanadi. Bank faoliyatining xavfsizligi
(kam xatarliligi) ham bank tijoratining asoslaridan biri hisoblanadi. 
5. Mijozlar manfaatini himoyalash. Bank o‗zining kapitali, daromadi bilan risk 
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin 
emas. Bu tamoyil «hamma narsa mijoz uchun» ma‘nosini anglatib u bank mijoz 
uchun to‗laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uni daromadini ta‘minlaydi. 
6. Banklar faoliyatining universallashuvi va diversifikasiyasi (lotincha 
deilersiteatro - o‗zgarish, xilma – xillik) banklar faoliyatini turli tarmoq va 
sohalarni qamrab olishini bildiradi. 
7. O‗zaro manfaatdorlik. Bankning va mijozning bir – biriga bo‗lgan ishonchi 
o‗zaro hamkorlikni mustaxkamlaydi. Mijoz bankga nafaqat pul yoki kredit uchun 
emas, balki moliyaviy malakaviy yordam, malakali xizmat, maslahat olish uchun 
boradi. Mijoz bankdan o‗z mablag‘ini nimaga va qanday sarflash, o‗z foydasini 
qanday oshirish yoki yo‗qotishlarga qanday barham berishlikni o‗rganadi. Tijorat 
banklari faoliyati quyidagi funktsiyalarga asoslanadi:
1. Huquqiy va jismoniy shaxslarning bo‗sh pul mablag‘larini yig‘ish. 
2. Xalk xo‗jaligida hisob – kitoblar va to‗lovlarni amalga oshirish 


152 
3. Xo‗jalik subyektlarini kreditlash, ichki va tashqi xo‗jalik oborotiga kredit – 
moliya xizmati ko‗rsatish
4. Moliyaviy va moddiy qiymatlar saqlanishini ta‘minlash 
5. Mijozlar mulkini ishonchli boshqarish (faktoring, trast va boshqa 
operasiyalar) 
6. Moliya – valyuta bozorida faoliyat ko‗rsatish, ya‘ni qimmatli qog‘ozlar 
chiqarish, ularni joylashtirish, sotib olish va boshqalar 
7. Iqtisodiy moliyaviy aborotlar berish, maslaxat xizmatlarini ko‗rsatish va 
boshqalar 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə