O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XIII.3. Banklarning iqtisodiyotdagi roli



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
pul va banklar

XIII.3. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
 
Banklarning mohiyati va funktsiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari 
va ko‗rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e'tiborni ularning vujudga kelish 
omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. 
Banklarning roli ularning funktsiyalari kabi ma'lum darajadagi xususiyatlarga 
egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo‗lishidan qa'tiy 
nazar,iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‗lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu 
bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan 
bo‗lishidan qa'tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so‗z ketganda, dastlab jamiyatda 
ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari, shuningdek, xo‗jalik 
yurituvchi sub'ektlar va aholining ularga bo‗lgan ehtiyoji doirasida so‗z yuritish 
maqsadga muvofiq. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini 
anglatadi. 
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‗pqirrali bo‗lib, ularning 
asosiylari quyidagilardan iborat: 
• jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larni tegishli shartlar asosida 
o‗ziga jalb etadi; 
• qo‗shimcha moliyaviy mablag'larga ehtiyoji mavjud xo‗jalik yurituvchi 
sub'ektlar va aholiga qaytarishlik, to‗lovlik, muddatlilik va ta'minlanganlik asosida 
mablag'lar beradi; 
• milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini 
ta'minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi; 
• pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; 
• iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub'ektlar o‗rtasida hisob –kitob va 
to‗lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; 
• bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini 
amalga oshiradi; 
• aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larini jamg'arish asosida ularni iqtisodiyotning 
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‗ladi. Ma'lumki, jamiyatda 
faoliyat yurituvchi xo‗jalik sub'ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga 


153 
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 
bo‗lganligi bois, ma'lum davrda ayrim xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarda ishlab 
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‗shimcha moliyaviy mablag'larga 
ehtiyoj tug'ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish 
ciklining turli – tumanligi (qishloq ho‗jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish 
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag'lar vaqtinchalik ishlab chiqarish 
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot 
tarmoqlarida qo‗shimcha moliyaviy mablag'larga nisbatan qo‗shimcha ehtiyojni 
keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag'larning ishlab 
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi. 
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot 
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu 
mablag'larga ehtiyoji bo‗lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya'ni 
qo‗shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo‗jalik sub'ektlariga qayta 
taqsimlab beradi. 
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo‗lak birorta moliyaviy tashkilot 
samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‗ziga xos jihati 
iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir 
o‗ziga xos hususiyatlaridan biri, bu ularning xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar, aholi va 
davlat tashkilotlari o‗rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi 
va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. 
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‗jalik sub'ektlari o‗rtasida har kuni bir 
necha yuz minglab pul o‗tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar 
tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta'sir 
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
a) Aholi va mijozlarning banklarga bo‗lgan ishonchining mustahkamligi. 
Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‗tilgan qisqa davrda 
yig'ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‗rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 
asosiy o‗zagi asosan o‗zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni 
aholi va mijozlarning banklarga bo‗lgan ishonchi yo‗qolishi bilan bog'lab 
ko‗radigan bo‗lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‗qolishi oqibatida ularning 
jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. 
Aholi va mijozlarning banklarga bo‗lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar 
sabab bo‗lishi mumkin: 
-
banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‗z vaqtida bajarmasa; 
-
aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‗lgan talabi to‗liq va 
o‗z vaqtida qondirilmasa; 
-
mijozlarning hisobvaraqlari bo‗yicha mablag'lar qoldig'i va aylanmalari 
haqida bank siri ta'minlanmasa; 
-
mijozlarning pul o‗tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli 
manzilga o‗tkazilmasa; 


154 
- bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va 
boshqalar. 
b). Mamlakatda qonun ustuvorligini ta'mmnlash va bozor mehanizmlari 
samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo‗jalik sub'ektlariga 
kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‗lgan talabini qondirish dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini 
yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning 
sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va 
raqobatbardoshligi bevosita ta'sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan 
ajralgan holda, alohida sub'ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. 
Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya 
qilishini oladigan bo‗lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi 
bilan ta'minlangan bo‗lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya 
darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib kyetadi. Demak, 
muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta'minlangan 
bo‗lishi lozim. Bu o‗z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar 
aylanmasi samaradorligi ta'minlanganligini talab etadi. 
Demak, 
iqtisodiyotda 
tovar 
massasi 
va 
pul 
massasi 
o‗rtasidagi 
muvozanatlikning ta'minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini 
oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta'minlashga xizmat 
qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta'minlanishiga qator ob'ektiv va sub'ektiv omillar 
ta'sir qiladi. 
Masalan, 90 yillarning ohirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq 
respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish 
hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida 
ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo‗jalik 
yurituvchi sub'ektlar o‗rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli 
darajada oshib ketishiga olib keldi. 
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini, ya'ni ularning rolini real sektorni 
kreditlash munosabatlari misolida ham ko‗rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori 
ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‗lib, 
ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib kyetadi. Inqiroz sharoitida 
iste'mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining 
pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‗lovga 
layoqatsizligi korxonalarda qo‗shimcha moliyaviy resurslarga bo‗lgan kuchli 
talabni paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Albatta, ushbu talab to‗lig'icha banklarning 
kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. 
Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish 
uchun yetarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‗ladi. Bundan tashqari, 
eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‗liq qaytmaslik havfi, ya'ni 
kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning 
kreditiga talab yuqori bo‗lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga 
moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, 


155 
balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e'tiborini iqtisodiy manfaatdorlik 
olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit sifatida beradigan 
mablag'lari o‗z mablag'lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shahslarning 
mablag'lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə