Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funktsiyalari fanning



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/10
tarix22.03.2024
ölçüsü1,16 Mb.
#181719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu (1)


PULNING PAYDO BO`LISHI, ZARURLIGI VA FUNKTSIYALARI

1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari.
2. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari.
3. Pulning funksiyalari. Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli.
4. Kredit pullari va ularning turlari

1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari

Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.


Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning mohiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimining mohiyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o`rgatishdan iborat.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma`lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo`lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari, funktsiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi, Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o`ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o`rgatadi.

Pulning paydo bo`lish sabablari.
Tarixiy kategoriya sifatida pulning paydo bo`lishi va rivojlanish
jarayonining boshlanishi miloddan avvalgi 7-8 ming yillarga to`g’ri

keladi. Keyinchalik, pulning tabiati ularning bajarish funktsiyalarining shakli, turlari va usullarida o`zgargan.


Ma`lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning
uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Pul paydo
bo`lishining ob’ektiv zaruriyati tovar ayirboshlash ehtiyojlari bilan
vujudga kelgan hamda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo`lgan. Pul
paydo bo`lishi mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Birinchi yirik
mehnat taqsimoti, ya`ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib
chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo`jaligining rivojlanishi
tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo`lmish pulni keltirib
chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining
ko`payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo
qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro muloqotda bo`lib,
tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash
jarayoni biror o`lchov birligi bo`lishini taqozo qilgan. Tovar
muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy
ekvivalent shaklini har xil tovarlar o`ynagan. Har bir jamoa o`z
tovarini ekvivalent sifatida o`rtaga qo`ygan. Lekin jamiyat
taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb
e`tirof etgan.
Pulning iste`mol qiymati shuki, u o`z funksiyasini bajarib
iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Pulning
qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish
qobiliyati, ya`ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish
mumkinligi tushuniladi.
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib
chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas,
balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga
bog’liq, narxlar ko`tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va
aksincha.
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng
tushunarli hamda eng murakkabi bo`lib hisoblanadi.
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan
bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi
kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.

Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatning salohiyati uning harbiylari yoki zambaraklarining qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqei unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi».


Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to`liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomilasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Tarixiy manbalarga ko`ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’ozdan pul sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan hoda pulni vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan bog’laydi:
1. Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli.
Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to`g’ri kelib
tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortiqchasi tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat mahsulotining tovarga aylanganligini ifodalaydi. Ayriboshlash natijasida tovar mahsuloti o`ziga teng qiymatli ekvivalent mahsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste`molni qondirish birinchi darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash esa ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Masalan, 1 bolta = 20 kg don.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə