Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funktsiyalari fanning


Kredit pullari va ularning turlari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə6/10
tarix22.03.2024
ölçüsü1,16 Mb.
#181719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu (1)

4. Kredit pullari va ularning turlari

Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to`lov aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.


Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to`lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.

Kredit pullar o`zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o`zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo`lib, kreditor va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.


Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o`tkazma veksel - tratta) ko`rsatilgan summani, ko`rsatilgan vaqtda va joyda to`lash to`g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Banknota – kredit pullarning yetakchi vakillaridan bo`lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqariladi.
O`tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo`lib, xoxlagan vaqtda uni bankka topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan.
Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo`llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
– xo`jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;
– davlatni kreditlash, ya`ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
– aktiv to`lov balansiga ega bo`lgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining o`sishi orqali va boshqalar;
Oltinni demonetizatsiya qilish jarayonining sabablari:
1. Erkin raqobat, ya`ni kapitalizm davrida eng katta
rivojlanishga erishgan oltin muomalasi tizimining nomuvofiqligi, iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichida tovar ishlab chiqarish ehtiyojlari.
2. Kredit va kredit munosabatlarini rivojlantirish.
3. Davlatning iqtisodiy rolini kuchaytirish.
4.Tovar-pul munosabatlarining oltin ishlab chiqarish
hajmining ko`payishi bilan taqqoslaganda jadal rivojlanishi tufayli pulga bo`lgan ehtiyojning tezroq o`sishi.
5. Oltin pullardan foydalanishning yuqori narxi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə